114
Bajariladigan ish tartibi. 1. Suvning sirt tarangligiga o‘tning ta’siri. 1-2 ml
suv solingan probirkaga bir chimdim oltingiugurt solinadi.
Kukun suv bilan
aralashmay, suv yuzasida qoladi. Ikinchi probirkadagi 1-2 ml suvga 5-10 o‘t
suyuqligi tomiziladi, aralashtiriladi va bir chimdim
oltingugurt kukuni solinsa, u
cho‘kadi. Bu o‘t suyuqlig‘i tarkibidagi o‘t kislota tuzlarining suv tarangligi
susayganligini ko‘rsatadi. Demak o‘t kislotalari yog‘-suv
orasidagi sirt tarangligini
kamaytiradi va yog‘larning suvda erishini osonlashtiradi. O‘t suyuqligiga ho‘llangan
filtr qog‘ozdan yog‘ yahshi o‘tadi o‘t kislotalariga ho‘llanmagan qog‘ozdan esa yog‘
o‘ta olmaydi.
2.
O‘t kislotalariga Peten-Kofer reaksiyasi. probirkaga solingan 10-20
tomchi konsetrlangan sulfat kislotaga o‘t suyuqligi (bir timchi yangi tayyorlangan
shakar eritmasi bilan o‘t aralashtirib olinadi) solinadi. Eritmalar oralig‘ida (bo‘linish
chegarasida) qizil-binafsha halqa hosil bo‘ladi (bu o‘t kislota cho‘kmasidir).
Ikkala suyuqlik asta-sekin (eitmalar o‘z-o‘zidan qiziydi, unung 70°C dan ortiq
qizishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak) aralashtirilganida olcha-qizil rangga kiradi.
Kuzatilgan rang saxarozaning sulfat kislota bilan ta’sirlanib oksimetilfurfurolga
aylanishi va xolat kislota bilan o‘zaro ta’sirlanishi natijasidir.
Eslatma. 70°C dan ortiq qizdirilganda ko‘mirlanish hodisasi ro‘y
beradi va
eritmaning rangi qorayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: