Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Olingan natijalarni rasmiylashtirish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Olingan natijalarni rasmiylashtirish.
Usulning asosini, kolorimetr
ko‘rsatkichini, hisob natijasini va xulosangizni daftaringizga yozing.
101- ish. QON ZARDOBI LIPOPROTEINLARINI POLIAKRILAMID GEL
ELEKTROFOREZI USULI BILAN AJRATISH


123
Lipoproteinlar (LP) oqsil va yog‘lardan tashkil topgan murakkab
zarrachalardir. Qon zardobidagi lipoproteinlar tarkibi erkin va efirlangan xolesterin,
fosfolipidlar, triatsilglitserinlardan iborat. Lipoproteinlarning 4 turi tafovut qilinadi.
Yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlar (YUZLP) yoki alfa lipoproteinlar oqsil va
fosfolipidlarga boy, sog‘lom odam qon zardobida bo‘ladi. Past zichlikka ega bo‘lgan
lipoproteinlar yoki betta lipoproteinlar ko‘p miqdordagi xolesterinni tashiydi. Juda
past zichlika ega bo‘lgan lipoproteinlar yoki prebeta lipoproteinlar jigarda hosil
bo‘lib, endogen triglitseridlarnio tashiydi.
Xilomikronlar XM ichak devorida ekzogen ozuqa triglitserinlarning qayta
sintezlanishida va xolesterindan hosil bo‘ladi. XM juda ko‘p miqdorda
triglitseridlarni va kam miqdorda oqsillarni tutganligi tufayli elektroforezlashda
startda qoladi. Efirlanmagan yog‘ kislotalar (erkin yog‘ kislotalar), qon lazmasida
albuminlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Ular umumiy yog‘ kislotalarning kam miqdorini
tashkil qiladi.
Yangi tug‘ilgan bolalarning lipoproteinlari o‘ziga xos. Alfa lipoproteiinlar
miqdori betta- va gamma-lipoproteinlarga nisbatan ortiqroq bo‘ladi. Bola 4 oylik
bo‘lganda bu nisbat o‘zgarib, kattalarnikiga yaqinlashadi.
Usulning asosi. Oldindan qora sudan buyog‘i bilan bo‘yalgan qon zardobi
lipoprotinlari elektr maydonida, ularning zaryadlariga va massiga bog‘liq holda
fraksiyalarga ajraladi. Lipoproteinlaning alohida fraksiyalari % ini aniqlash qator
kasalliklarda diagnostik ko‘rsatgich bo‘la oladi. Masalan, diabet, semirib ketish
ateroskelroz, qon tomorlarini torayishi (ishemiya) va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.
Elektroforez usuli bilan olingan lipoprtoteingrammalar barcha kasalliklarga xos
ko‘rsatgich hisoblanadi. Poliakrilamid gel elektroforezi lipoproteid fraksiyalarni
aniqlash uchun zamonaviy, birdan- bir qulay usuldir.
Elektroforez uchun ishlatiladigan poliakrilamid gel akrilamid va metilen- bis-
akrilamid (MBA) monmerlarini katalizator ishtirokida polimerlash yo‘li bilan olinadi.
Katalizator ammoniy persulfat va N, N, N, N¹-tetrametiletilendiamin eritmalari
aralashmasidan iborat. Bunda poliakrialmidning chiziqli zanjirlari metilen
ko‘prikchalari bilan tashiladi.
Gelning tuzilishida to‘g‘ri navbatlashgan amid guruhlari bo‘lgaligi tufayli,
yaqqol ifodalangan gidrofillik xossasini namoyon qiladi.
Monometr eritmalar va katalizatorlar (pH – 8,9) buffer eritmada tayorlanib,
shihsa naychalarda polimerlanadi.
Qon zardobi lipoproteinlarini ajratish uchun 3 qavat akrilamidli differinsial
elektroforez qo‘llaniladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling