Tibbiyot kasbiga kirish


Nafas  olish  funksiyalari  buzilishiniig  asosiy  belgilari  va  yordam


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   314
Bog'liq
терапия

Nafas  olish  funksiyalari  buzilishiniig  asosiy  belgilari  va  yordam 
ko’rsatish  
Burundan nafas olishning qiyinlashuvi.  
O’tkir nafas infeksiyalarida burundan nafas olish qiyinlashishi, burun yo’llari 
bekilishi,  ko’p  miqdorda  shilimshiq  ajralishi  yoki  burun  bo’shlig’i  quruqligi, 
aksirish  bilan  kechadi.  Burun  bo’shlig’ini  parvarish  qilish  oddiy  bo’lib,  ko’p 
hollarda  muolajalarni  bemor  mustaqil  bajara  oladi.  Agar  bemor  muolajalarni 
mustaqil  ravishda  bajarishga  qodir  bo’lmasa,  ushbu  muolajalarni  maxsus 
tayyorgarlikdan  o’tgan  qarindoshi  yoki  hamshira  amalga  oshiradi.  Nafas  olish 
a’zolarining  infeksiyalarida  shilliqqavat  shishi  natijasida  burundan  nafas  olish 
buziladi. Burun bo’shlig’ining surunkali yallig’lanish kasalliklari shilliq qavatning 
o’sib  ketishi  va  bo’rtishiga,  burun  orqali  havo  o’tishini  qiyinlashtiruvchi 
adenoidlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.  
Agar  bemor  faol  bo’lsa,  burun  yo’llarining  o’tuvchanligini  ozgina  vaqtga 
tiklaydigan  uzoq  bo’lmagan  nafasni  ushlab  turish  mashqlarini  tavsiya  qilish 
mumkin.  
Burunning  surunkali  bekilib  qolishi  bosh  suyagining  havo  olib  keluvchi 
bo’shliqlari yallig’langanda kuzatiladi. Ko’pincha burun bo’shlig’i bilan bog’langan 
yuqori jag’ (gaymor) va peshona bo’shliqdari ta’sirlanadi.  
Burundan  doimo  suv  oqishi,  surunkali  bosh  og’riqlar,  kasallikning  tez-tez 
zo’rayishi,  bo’shliqlarda  yallig’lanish  jarayoni  borligidan  darak  beradi.  Yuz 
paypaslab ko’rilganda, rasmda ko’rsatilgan og’riq nuqtalari aniqlanadi.  
Birinchi yordam ko’rsatilayotganda bo’shliqlardan yetarli darajada shilimshiq 
oqib  ketishi  (shifokor  tomonidan  tayinlangan  maxsus  tomchilarning  burunga 
ishlatilishi),  burun  bo’shlig’ini  shilimshiq  yoki  yiringdan  tozalashni  ta’minlash 
kerak.  



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling