Tibbiyot kasbiga kirish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   314
Bog'liq
терапия

Arterial bosim  
Arterial  bosim  bu  tomirlar  devoriga  tushadigan  qon  bosimi  bo’lib,  arterial 
bosim  yurakdan  otilib  chiqadigan qon  miqdoriga, qon  oqimiga, umumiy periferik 
tomirlarning  nechog’lik  qarshilik  ko’rsatishiga,  tomirlar  devorining  elastikligiga 


bog’liq.  Sistolik  (maksimal),  diastolik  (minimal)  va  puls  arterial  bosimi  farq  
qilinadi.  
Sistolik bosim — arterial sistemada chap qorincha sistolasidan keyin paydo 
bo’ladigan puls to’lqini maksimal ko’tariladigan vaqtdagi bosim.  
Diastolik  bosim  esa  yurak  diastolasi  oxirida,  puls  to’lqini  tushgan  vaqtda 
yuzaga keladi.  
Sistolik va diastolik bosim o’rtasidagi farq puls bosimi deyiladi.  
Arterial bosimni aniqlaydigan asboblardan simobli tonometr — Riva-Rochchi 
apparata eng keng tarqalgan. Shuningdek, prujinali va elektron tonometrlardan ham 
foydalaniladi.  
Arterial  bosimni  tovushli  aniqlash  usuli  arteriya  manjetka  bilan  qisilganda 
tovushli fenomenlarni qayd qilishga asoslangan.  
Arterial  bosim  ma’lum  soatlarda,  yaxshisi  ertalab,  tushki  ovqatgacha, 
muayyan tana vaziyatida, imkon boricha bir xil havo haroratida o’lchanadi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling