kurs ishi
laboratoriya mashg’ulotlari
|
bitiruv malaka ishi
|
nazorat ishi
|
boshqa mashg‗ulot turlari
| Kasb-hunar kollejlarida o’qitishning ma‟ruza-seminar tizimidan kengfoydalaniladi. Mashg’ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko’rini-shida 90 minut davom etadi. Ularning o’ziga xosliklari quyidagilardan iborat: - Kasb-hunar kollejlarida o’qitishning ma‟ruza-seminar tizimidan kengfoydalaniladi. Mashg’ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko’rini-shida 90 minut davom etadi. Ularning o’ziga xosliklari quyidagilardan iborat:
- Ma’ruza – o’quvchilarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifa tida katta hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi);
- amaliy mashg’ulot – kasb-hunar kollej o’qituvchisi rahbarligi ostida olgan o’quv axborotlari (leksiya va mustaqil ishlari)ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo’llash va o’zlashtirilishini nazoratni tashkil etish shakli.
Ma’ruzaga qo’yiladigan talablar: - ma‘ruzaning ahloqiylik jihati (ilmiylilik va axborotlilik);
- isbotlash va argumentlash (aniq misollarning etarli bo’lishi);
- bayon qilishning emotsionalligi (o’quvchilarni faollashtirish);
- bayon qilinadigan masalalarning aniq strukturasi va mantiqi;
- metodik jihatdan ishlab chiqqanlik (asosiy fikrlarni aniq-lash);
- aniq, ilmiy va adabiy tilda bayon qilish;
- audivizual didaktik materiallarni foydalanish.
Ma‘ruzaga tayyorlanish: - ma‘ruza mavzusi bo’yicha materiallar to’plash;
- ma‘ruzanining rejasini tuzish;
- ma‘ruzaga materiallarni saralab olish;
- ma‘ruza konspektini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |