Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 276.47 Kb.
|
3416 16.01.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[OKOZ: 1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va ta’minoti] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari] O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qarori Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3416] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-son “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Tibbiyot muassasalari moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436-son, 5083-son va 107-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1537, 2006-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 15-modda); O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 25-oktabrdagi 17, 31-k/k, 147-son “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1537-1, 2017-yil 10-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1537-1/0240-son). 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Download 276.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling