Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi


Download 276.47 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi276.47 Kb.
#1489030
1   2   3   4   5
Bog'liq
3416 16.01.2023

3-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi
8. Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar (keyingi o‘rinlarda oylik foizli ustamalar deb ataladi);
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;
tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.
9. Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasida Jamg‘arma uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan xarajatlar hamda quyidagi to‘lovlar chegirilgan qismi hisobidan amalga oshiriladi:
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan, tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari va moddiy yordam pullari uchun shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘larning 10 foiz qismi.
10. Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Maxsus komissiya har bir xodimning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ish yuklamasi, bajaradigan vazifasining murakkabligi, ish samaradorligi, sohaga qo‘shgan hissasi hamda boshqa sanash va hujjat bilan tasdiqlash mumkin bo‘lgan 5 ta muhim ko‘rsatkichlarni baholash uchun asos sifatida belgilaydi hamda baholashda mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Bunda, xodimlarning mehnatga vijdonan munosabati, mehnat faoliyatida ko‘rsatayotgan yuqori natijalari hamda kasb etikasiga rioya etishi inobatga olinadi.
Maxsus komissiya tomonidan har bir ko‘rsatkich 20 ballgacha bo‘lgan reyting tizimida baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning umumiy yig‘indisi eng yuqori ballarda baholangan taqdirda 100 ballni tashkil etishi lozim.
11. Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar haqiqatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lim (bo‘linma) boshlig‘i har bir xodimning ko‘rsatkichlarini belgilab, tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Maxsus komissiya har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasidan boshlab 5 ish kuni ichida xodimlarga berilgan yakuniy bahoni tasdiqlaydi.
Baholash natijalari yoki Maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Chorak yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishgan xodimlar uchun keyingi chorak davomida har oylik foizli ustamalar Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq belgilanadi. Bunda, joriy yilning birinchi choragi uchun oylik foizli ustamalar o‘tgan yil to‘rtinchi chorakda erishilgan natijalar bo‘yicha tayinlanadi.
12. Umumiy 100 ballik reyting tizimi asosida 75 balldan 100 ballgacha natijaga erishgan tibbiyot muassasasi xodimlari oylik maoshiga quyidagi tartibda qo‘shimcha oylik foizli ustamalar belgilanadi:
a) tibbiyot xodimlariga:
75 baldan 84 ballgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida;
85 baldan 94 ballgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida;
95 baldan 100 ballgacha oylik maoshining 100 foizgacha miqdorida.
b) tibbiyot xodimlaridan tashqari boshqa xodimlar uchun:
75 baldan 84 ballgacha oylik maoshining 25 foizgacha miqdorida;
85 baldan 94 ballgacha oylik maoshining 50 foizgacha miqdorida;
95 baldan 100 ballgacha oylik maoshining 75 foizgacha miqdorida.
Oylik foizli ustamalarni to‘lash Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq yangi ish boshlagan tibbiy oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga (keyingi o‘rinlarda salohiyatli yosh shifokorlar deb yuritiladi) ishga qabul qilingan kundan boshlab, oylik ish haqi to‘lovlariga maxsus oylik ustamalar qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
14. Salohiyatli yosh shifokorlar uchun 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar ularning birinchi uch yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.
Bunda yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlar uchun har oyda:
birinchi yil uchun — 1 million so‘mdan;
ikkinchi yil uchun — 750 ming so‘mdan;
uchinchi yil uchun — 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar belgilanadi.
15. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Mazkur oylik qo‘shimcha ustamalar tibbiyot xodimlarining lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tagachani tashkil qilganda — 10 foiz;
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 5 tadan 10 tagachani tashkil qilganda — 20 foiz;
tibbiyot muassasasida shifo o‘rni 10 dan yuqori tashkil qilganda — 30 foiz.
16. Tibbiyot muassasasi rahbari tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya qilgan holda har oyning 25 sanasidan kechiktirmay kelgusi oy uchun bir shtat birligida shifokor hamda bir shtat birligida hamshira lavozimlarida tibbiyot xodimlari kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirgan holda faoliyat yuritishi uchun moslashuvchan ish vaqti rejimi bo‘yicha jadval tasdiqlanadi.
Bunda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda uzaytirilgan kunduzgi statsionarga jalb etilgan shifokor hamda hamshiralarga haqiqatda ishlagan soatiga har bir soati uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik qo‘shimcha ustamalarning foiziga nisbatan to‘lovlar amalga oshiriladi.
17. Tibbiyot muassasalari xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlarda beriladigan mukofot miqdori bir kalendar yil mobaynida har bir xodimga ikki lavozim maoshidan oshmagan holda belgilanadi.
18. Tibbiyot muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar oqibatlarida) moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Bunda yuqoridagi moddiy yordam miqdori har bir tayinlangan holat uchun xodimning bir lavozim maoshidan oshmasligi lozim.
19. Jamg‘arma hisobidan ustamalar, bayramlarda mukofot pullari va moddiy yordam pullarini to‘lash bo‘yicha qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘ida har bir xodim bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning aniq miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari ko‘rsatilishi lozim.
Bunda ustamalar bo‘yicha tibbiyot muassasasi rahbari buyrug‘ining belgilangan muddatdan kech qabul qilinishi xodim olishi lozim bo‘lgan ustamaning ushbu Nizomda belgilangan muddatdan boshlab to‘lanishini istisno etmaydi.
20. Tibbiyot muassasasi rahbariga ustamalarni belgilash, mukofot pullari hamda moddiy yordam pullari berish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi yoki uni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish vakolatiga ega bo‘lgan yuqori turuvchi tashkilot rahbarining rasmiy roziligi bilan amalga oshiriladi.

Download 276.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling