Tibbiyot psixologiy asi


Shaxsni tekshirish usullari


Download 0.96 Mb.
bet57/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Shaxsni tekshirish usullari


  1. Tugallanmagan gaplar usuli. Sinaluvchiga uning shaxsini ochib beruvchi va atrof-muhitga munosabatini ko‘rsatib beruvchi bir nechta tugallanmagan gaplarga o'zi xohlagan so‘zini qo‘yish taklif etiladi.

Masalan, «Men opamni ko'ramcm», «Ishxonamiz rahbari menga »,
«Mening ukam....», «Mening erim....», «Mening xotinim », «Men uni
», «U meni », «Men unga », «Mening qo'l ostimdagilar », «U
.... odam» «Men qizlarni ко ‘ramcin», «Men onamni.... ко ‘raman». «Men
otamni ko'ramcm», «Mening kayfiyatim doimo », «Mening
kayfiyat im kechga yaqin », «Men hayot dan .... yashayman», «Men
o'zimni ко'raman», «Men kelajakka », «Men .... xohlardim», «Men
bolalik davrimdan », «Mening ota-onam bo'lgan», «Maktabda
mening ustozlarim », «Men gaplashayotgan yigit va qizni ко 'rsam »,
«Menimcha barcha yosh yigitlar va qizlar », «Kattalar meni. », «Men
farzandlarimdan », «Mabodo men о ‘lib qolsam, atrofdagilar » va h.k.
Iloji boricha bu gaplar soni ko‘p bo‘lishi kerak (20-30 ta). Sinaluvchi gaplarni qanday tuzishiga qarab uning shaxsini aniqlab olish mumkin.

  1. Tematik aperseptiv test (TAT). Ushbu test turli voqealar aks etgan 20 ta syujetli kartinadan iborat. Sinaluvchi har bir kartinaga qarab hikoya tuzishi kerak. Shu yo‘l bilan sinaluvchining tasavvuri, qobiliyati, hissiyoti, voqealarga bo'lgan munosabati va mimikasiga qarab uning shaxsiga oid ma’lumotlar to'planadi.

  2. Shaxsni har taraflama tekshirishga mo‘Ijallangan Minnesot savolnomasi (MMPI). 1957-yil Kettel tomonidan tavsiya qilingan. Shaxsning barcha xususiyatlarini tekshirish uchun mo'ljallangan. Shuning uchun ham ilmiy va amaliy psixologiyada ko‘p qo'llaniladi. Sinaluvchining testda ko'rsatilgan savollarga shaxsiy munosabati, ya’ni iijobiy, salbiy va befarqligi o'rganiladi. Savolnomaning to‘la varianti 187 ta, qisqartirilgan varianti 71 ta savoldan iborat.

  3. Lyusher testi. Bu testni o'tkazish uchun 6 ta kartadan foydalaniladi: ularning 4 tasi asosiy ranglarga - havorang, yashil, qizil, saria va 4 tasi qo'shimcha ranglarga - binafsharang, jigarrang, qora, kulrang. Sinaluvchining qaysi rangni tanlashiga qarab uning ruhiy holati, kayfiyati va shaxsiy xususiyatlari aniqlanadi.

  4. Ayzenk shkalasi ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm darajasini aniqlash uchun qo'llaniladi. Anketa 57 ta savoldan iborat bo'lib, ulardan 24 ta savol ekstraversiya-introversiya shkalasi bilan, 24 ta savol neyrotizm shkalasi bilan bog'liq bo'lsa, qolgan 9 tasi Yo-shkalasi bo'lib, sinaluvchining savollarga aldamasdan naqadar to'g'ri javob berganligini ko'rsatadi (XIX bobga qarang).


154




Savolnomaga javob berib bo‘lingandan so'ng, savolnoma kaliti yordamida E - ekstraversiya, N - neyrotizm, Yo - yolg'on ko'rsatkichlari bo'yicha shaxs xususiyatlari aniqlanadi. Sinaluvchida shaxsning qaysi xususiyati, ya’ni ekstraversiya, intraversiya, neyrotizm ko'proq namoyon bo'lganligi va uning temperamenti aniqlanadi. Ko'rsatkichlar normadan farq qilsa, sinaluvchiga o'z shaxsi ustida o'ylab ko'rish uchun zarur maslahatlar beriladi.
Umuman olganda, ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm shaxsning tug'ma xususiyatlaridir. Ekstravertlar
xulq-atvori ko'proq tashqariga yo'naltirilgan bo'ladi, ular o'z his-tuyg'ularini boshqalar bilan baham ko'rib yashashadi, hamma bilan kirishib ketishadi, ko'p do'st orttirishga intilishadi, o'z his-tuyg'ularini nazorat qila olmaydi va ko'p gapirishga moyil bo'lishadi.
Intravertlarda buning teskarisini ko'rish mumkin, ya’ni ular kamgap, o'z ichki dunyosini va his-tuyg'ularini birov bilan baham ko'rmaydigan, do'stlari kam, tashqi tomondan faqat o'ylanib yuradigan odamni eslatuvchi shaxslardir. Neyrotizm esa hissiyotga beriluvchanlikni, ortiqcha xavotirni, doimo tarang holatda yurishni va depressiyaga moyillikni belgilab beruvchi shaxs ko'rsatkichidir.

  1. Temperament va uning tiplari

Temperament odamning tevarak-atrofdagi voqealarga munosabati va hissiyotining ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aql-zakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham barcha temperament vakillari orasida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin. Temperamentning to'rtta tipi ma’lum: sangvinik, flegmatik, xolerik va melanxolik.
Quyida ularning har biriga alohida-alohida ta’rif berib o'tamiz.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling