Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet127/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nazorat uchun savollar

  1. Onkologik kasalliklarda ruhiy buzilishlaming kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?

  2. Onkologiyada bemor va shifokor orasidagi psixologik munosaballarda qanday ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin?

  3. Onkologik bemorlarda ruhiy buzilishlaming klinik ko‘rinishi haqida so'zlab bering.

  4. Onkologik kasallarda o‘zingiz guvohi bo'lgan vaziyatlar haqida so'zlab bering.


336


XIX BOB. PSIXODIAGNOSTIKA. PSIXOLOGIK TESTLAR




Beshikdan qabrgacha ilm izla.
Hadisdan


Tibbiy amaliyotda depressiya va xavotirni aniqlashda Gamilton, Sung va Spilberger-Xanin shkalalari ko‘p qo‘llaniladi. Oddiy va sodda tuzilgan bunday shkalalar orqali depressiya va xavotir darajasini tezkorlik bilan aniqlash va baholash mumkin. Ayniqsa, somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladigan xavotirli-depressiv sindromlarda Gamilton shkalalaridan keng foydalaniladi.

  1. Depressiyani aniqlash va baholash

Gamilton shkalasi. Ushbu shkala «Depressiya» tashxisi aniqlangan bemorlarda kasallik darajasini baholash va dinamikada o'rganish uchun qo‘llaniladi. Shkaladagi savollar bemorni so‘nggi hafta ichida bezovta qilayotgan simptomlarni aniqlash va baholashga qaratilgan. Sung shkalasidan farqli o‘laroq, Gamilton shkalasi mutaxassis tomonidan to‘ldiriladi. Shkalani to‘ldiruvchi mutaxassis tajribali bo'lishi, depressiyaning klinik ko'rinishlari va shkalada ko'rsatilgan savollarni mukammal bilishi lozim. Shkalani to'ldirayotganda bemorni shoshirmaslik, unga bosim o'tkazmaslik, savollar ma’nosini anglay olmasa, uni lo'nda va sodda til bilan tushuntirish lozim. Agar shkalani to'ldirayotgan mutaxassisda bemorning javoblari shubha uyg'otsa, qo'shimcha ma’lumot uchun uning ahvolini yaqindan biladigan qarindoshlari yoki uni davolayotgan vrachni jalb qilishi mumkin.
Ur.hbu shkala bo'yicha qayta tekshiruvlar o'tkazilayotganda bemorga ham, mutaxassisga ham awalgi to'ldirilgan shkala ma’lumotlaridan foydalanish man qilinadi, faqat qayta tekshiruv o'tkazib bo'lingandan so‘ng uning xulosalari avvalgilari bilan solishtirilishi mumkin.
Shkaladagi har bir savolga berilgan javob variantlari 0-2 ball, 0-3 ball va 0 - 4 ball qilib belgilangan. 16-ustundagi tana vaznini baholash bo‘yicha berilgan savolga 16a yoki 16b bo'yicha javob berish kerak. Shkala birinchi gal to'ldirilayotganda 16a punkt bo'yicha (anamnezga asoslanib), ikkinchi gal to'ldirilayotganda, ya’ni bemorning ahvoli dinamikada o'rganilayotganda javobni 16b punkt bo'yicha (tana vaznini obyektiv tekshiruvlarga) belgilanadi. Depressiyaning ba’zi turlarida bemorning ahvoli, ayniqsa, kayfiyati kun bo'yi o'zgarib turishi mumkin,


337




masalan, ertalab kayfiyati yaxshi, kechqurun esa yomon. Bu holatni belgilash 18-punktda ko'rsatilgan. Agar bemorning ahvolida kun bo'yi o'zgarishlar kuzatilmasa 18a punkt bo'yicha 0 ball belgilanadi, bunda 18b punkt bo'sh qoldiriladi.-Agar kun bo'yi depressiya alomatlari kuchayib turishi kuzatilsa, 18a punkt bo'yicha uning ertalab yoki kechqurun bo'layotganligi baholanadi, 18b punkt bo'yicha esa ushbu kuchayishlarning darajasi baholanadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling