Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
(3 -adrenoblokatorlar;
gormonoterapiya, vitaminoterapiya; osteoporozni davolash; dam olish sihatgohlarida davolanish. Jismoniy mashqlar. Bemorlarni davolashda oddiy badantarbiyadan tortib, to maxsus jismoniy mashqlargacha tavsiya etiladi. Ularning ijobiy ta’siri juda kattadir. Bemor har kuni ertalab 15-20 daqiqa badantarbiya 326 qilishi, haftasiga 2-3 marotaba sog'lomlashtirish markazlaridagi turli jismoniy mashqlarda qatnashishi lozim, ayniqsa, suzishning ahamiyati katta. Bemorlar uchun ertalabki sekin qadamlar bilan yugurish, tushlikdan so‘ng ko'chaga sayrga-chiqib turish ham juda ahamiyatlidir. Jismoniy mashqlar to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, yurak faoliyatini mustahkamlaydi, organizmning turli infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. Shuning uchun ham barcha to‘qimalarda moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechuvchi klimakterik sindromda rejali tarzda olib boriladigan sportning yengil turlari mutaxassislar tomonidan ko‘p tavsiya qilinadi. Shuningdek, umumiy yoki bo‘yin-yelka sohalariga massaj ham buyuriladi. Jismoniy mashqlar bemorning ruhiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, xurujlar sonini kamaytirishga yoki yengil o‘tishiga yordam beradi. Ratsional ovqatlanish. Klimakterik sindromda anoreksiya va bulimiya holatlarining ko‘p kuzatilishi ovqatlanish tartibini buzib yuboradi. Shuning uchun ham ratsional ovqatlanish qonun-qoidalarini ishlab chiqish va har bir bemor uchun individual tarzda qo‘llash o‘ta muhimdir. Ovqat sifatli, vitaminlarga boy, yengil hazm bo‘ladigan va osh tuzini kam ishlatib tayyorlangan bo'lishi lozim. Ovqat, asosan, o'simlik yog'ida tayyorlanishi, meva va sabzavotlar ko‘p, uglevodlar esa kam iste’mol qilinishi lozim. Polivitaminlar ham buyuriladi. Sihatgohlarda davolanish. Organizmni tabiiy chiniqtirish uchun sihatgohlarda dam olish, ayniqsa, shanba, yakshanba kunlari dam olish maskanlariga chiqib turish, uy sharoitlarida esa turli giyohlardan iborat vannalar va sovuqroq suvlarda dush qabul qilish ham buyuriladi. Kislorodli, radonli va yod-bromli vannalar buyurish, igna bilan davolash ham yaxshi yordam ko'rsatadi. Shuningdek, suv osti massajlari, balchiq bilan davolash, ko‘rsatmalarga qarab dorilarni elektroforez orqali yuborish ham mumkin. Chunki faol ta’sir ko‘rsatuvchi fizioterapevtik muolajalar arterial qon bosimning tez-tez ko'tarilib turishi, bachadon miomasi va mastopatiyalarda mumkin emas. Sihatgohlarda bunday muolajalar bilan davolanish, asosan, klimakterik sindromning yengil, ba’zan o‘rta darajada kechuvchi turlarida buyuriladi. Klimakterik sindromning og‘ir turida esa fizioterapevtik muolajalar mumkin emas. Gormonoterapiya. Gormonlar klimakterik sindromning yengil turida buyurilmaydi. Gormonoterapiyaning maqsadi klimakterik sindromda kuzatiladigan gormonlar yetishmovchiligining o‘rnini qoplashdir. Shu maqsadda estrogenlar, gestagenlar va androgenlar qo‘llanilishi mumkin. Gormonlar bilan davolash va qanday gormon tavsiya qilishni ginekolog yoki shu sohada faoliyat ko'rsatuvchi endokrinolog hal qiladi. Gormon bilan davolashga monelik qiluvchi holatlar quyidagilardir: bachadon. 327 tuxumdon va sut bezi o‘smalari, bachadon va boshqa ichki a’zolardan qon ketishi, o‘tkir tromboflebit, buyrak va jigar yetishmovchiliklari, xafaqon kasalligining og‘ir turlari, qandli diabet. Klimakterik sindromda davolash muolajalarini erta boshlash o'ta muhimdir, 1-2 yildan oshiqroq maxsus davolash muolajalarini qabul qilmay yurgan bemorlarda davolash biroz qiyin kechadi. Odatda, davolash muolajalari to‘g‘ri boshlansa, 6 oy ichida klimakterik sindromning klinik ko'rinishlari va xurujlar sonini ancha pasaytirish mumkin. Profilaktika. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, ayollarni zarur tibbiy-psixologik tekshiruvlardan o'tkazib, klimakterik davrga psixologik tayyorlash bu sindromning ancha yengil o‘tishiga yordam beradi. Ular klimakterik davr barcha ayollarda ertami-kechmi, albatta, kuzatilishi, uning sabablari, qanday kechishi, klinik ko‘rinishi, davolash usullari va profilaktikasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo'lishi zarur. Ayollarni klimakterik davrga tayyorlashda umumiy amaliyot shifokoriga katta mas’uliyat yuklatilgan. Chunki turli kasalliklar sababli aksariyat ayollar unga murojaat qiladi. Umumiy amaliyot shifokori 35-40 dan oshgan barcha ayollar bilan ushbu sindrom haqida suhbatlar o'tkazishi zarur. Klimakterik sindrom haqida to'la ma’lumotga ega bo'lgach, ayollar o'zida mavjud bo'lgan kasalliklardan davolanishga hamda ruhan va jismonan faol hayot tarziga o'tishga intilishadi, albatta. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling