Tibbiyot psixologiy asi
Klimakterik davrda psixologik o‘zgarishlar
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 321 postmenopauzal davr
Klimakterik davrda psixologik o‘zgarishlar
Klimakterik davr. Sog'lom ayol organizmida reproduktiv sistema 7-8 yoshdan boshlab faoliyat ko'rsata boshlaydi va 60-65 yoshga yetganda faoliyatini to'xtatadi. Reproduktiv sistemada sodir bo'ladigan teskari qaytuvchi o'zgarishlar klimaks nomini olgan. Buning natijasida, avval homilador bo'lish, so'ng hayz ko'rish faoliyati to'xtaydi. Bu davr 10 yilgacha, ba’zan undan ham ortiq davom etishi mumkin. Klimakterik davr - fiziologik jarayonlardan iborat davr bo'lib, organizmning reproduktiv sistemasida involyutsion jarayonlar ustunlik qiladi. Bu davrda avval homilador bo'lish, so'ng hayz ko'rish to'xtaydi. Bu jarayonni quyidagi davrlarga ajratishadi: premenopauza - odatda 45 yoshdan menopauza boshlangunga qadar bo'lgan davr; perimenopauza - premenopauza davri bilan menopauzadan keyingi ikki yil; menopauza - so'nggi hayz; 321
postmenopauzal davr - menopauzadan so‘ng boshlanadi va umrning oxirigacha davom etadi. Premenopauzal davrning fiziologik kechishida tuxumdon funksiyasining sekin-asta pasayishi kuzatiladi, bu jarayonning klinik ko‘rinishi menopauza boshlanganidan dalolat berib turadi. Reproduktiv sistemaning postmenopauzal davrida kuzatiladigan o'zgarishlar estrogenlar miqdorining keskin kamayishi hisobiga kechadi. Menopauza fiziologik jarayon bo‘lib, ichki a’zolar va sistemalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan namoyon bo'lishi mumkin. Menopauzadan so'ng ichki a’zo va to'qimalarda o'ziga xos qarish jarayoni boshlanadi, ayniqsa, endokrin bezlar va jinsiy a’zolarda hujayralar hajmining kichrayishi kuzatiladi. Estrogenlar miqdorining yetishmasligi sababli osteoporoz rivojlansa, progesteron miqdori yetishmasligi ichki a’zo va to'qimalarda giperplastik jarayonlami jadallashtirishi mumkin va shu sababli bachadon yoki sut bezlari o'smasi rivojlanishi mumkin. Organizmda estrogen va progesteronlar miqdori yetarli bo'lishi kayfiyatning yuqori bo'lishiga ham yordam beradi. Shuning uchun ham bu gormonlarning yetishmovchiligi ruhiyat va hissiyotning turli darajadagi buzilishlari, ayniqsa, xavotirli depressiyalarga sabab bo'ladi. Klimakterik davrning fiziologik kechishiga bir qancha omillar ta’sirini ko'rsatadi, ya ’ni homiladorlik va tug'ish davrlarining sog'lom tarzda kechishi, ratsional tarzda ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlar (ichish, chekish) ning yo'qligi, mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil etish va h.k. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling