Ayollarda klimakterik sindrom
Klimakterik sindrom klimakterik davrda bir qancha psixopatologik, vegetativ, endokrin, somatik va moddalar almashinuvining buzilishlari bilan kechadigan sindromdir. Turli ma’lumotlarga ko'ra, klimakterik davrda klimakterik sindromning uchrash darajasi 40-60 foizni tashkil qiladi. Ushbu sindrom premenopauza davrida 36-40 foiz, menopauza boshlanganda 40-80 foiz, menopauzadan keyingi 1 yil mobaynida 26 foiz, menopauzadan so'ng 2-5 yil o'tgach, 3 foiz bemorlarda uchraydi.
Klinikasi. Klimakterik sindromning klinik ko'rinishi klimakterik davrda ko'p uchraydigan asab sistemasi va yurak-qon tomir kasalliklariga ham bog'liq.
Demak, klimakterik sindromning 80 foizga yaqini hayz ko'rish butunlay to'xtaganda (menopauza) yoki menopauzadan so'ng bir yil mobaynida rivojlanadi. Aksariyat hollarda, kasallikning boshlanishiga kuchli ruhiy-hissiy zo'riqish turtki bo'ladi.
Klimakterik sindromning klinik belgilari:
322
Ruhiy-hissiy buzilishlar:
jahldorlik;
uyquchanlik;
holsizlik;
bezovtalanish;
depressiya;
parishonxotirlik;
ishtaha buzilishi;
libidoning pasayishi;
hissiy zo'riqishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |