Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nootrop dorilar
- Psixostimulyatorlar
Sedativ dorilar Sedativ dorilar («sedatio» - tinchlanish) psixonevrologik kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Trankvilizatorlarga qaraganda, sedativ dorilarqo‘rquv va xavotirlanish, mushaklar tonusiga kam ta’sir ko'rsatadi hamda koordinatsiyani kam buzadi. Lekin kundalik miqdori oshib ketsa, uyquchanlik va bo'shashish kuzatilishi mumkin. Sedativ dorilar tormozlanish jarayonini kuchaytirib, qo'zg'alish jarayoni va nevrotik belgilami pasaytirib, markaziy asab tizimining faoliyatini boshqaradi. Sedativ dorilar analgetiklar va boshqa psixotrop dorilarning ta’sir kuchini oshiradi. Sedativ dorilarga, asosan, o'simliklardan tayyorlangan turli dorivor vositalar kiradi. Bular valerian ekstrakti, novopassit va hokazolardir. Nootrop dorilar «Nootrop» atamasi 1972-yili piratsetamni kashf qilgan olim K. Jiurjea tomonidan taklif etilgan. Shu yildan boshlab miyaning integrativ funksiyasi, xotira va diqqatni yaxshilovchi, aqliy faoliyatni tiklovchi dorilar nootroplar deb atala boshlandi. Nootroplarning oliy ruhiy funksiyalarga ijobiy ta’sirini e’tiborga olib, ular psixotrop dorilar guruhiga kiritildi. Keyinchalik yangi va yangi nootrop dorilar ishlab chiqarila boshlandi va ularning nomlanishi ham o'zgardi. Nootroplarning aksariyati hozirgi kunda serebroprotektor, neyroprotektor, neyrotrop dorilar deb ham ataladi. Farmakologik xususiyati bo'yicha nootroplar boshqa psixotrop dorilardan farq qiladi. Ular kuchli sedativ ta’sirga ega emas. Nootroplar bosh miyada neyronlararo o'tkazuvchanlikni osonlashtiradi, ikkala yarim shar orasidagi funksional buzilishlarni tiklaydi, integrativ jarayonlarni yaxshilaydi, retikulyar formatsiyaning faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, bu dorilar markaziy neyronlardagi energetik jarayonlarni, ishemiyaga uchragan asab to'qimalarining glyukoza va kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Nootroplar markaziy neyronlardagi birqator metabolik jarayonlarni faollashtiradi. Buning natijasida intellektual va mnestik funksiyalar faollashadi. Nootroplarning antigipoksik va metabolik ta’siri bu dorilarni bosh miyaning deyarli barcha kasalliklarida keng qo'llashga yo'l ochib berdi. Bu dorilarning bosh miyada qon aylanishini yaxshilash xususiyati ularning ikkilamchi ta’siridir. Nootroplarning yana bir ijobiy xususiyati - zaharli ta’sirining o'ta pastligidadir. Bu xususiyat tajriba qilib ko'rilgan va tasdiqlangan. Klinik tibbiyotda ham piratsetam va uning analoglaridan zaharlanishlar deyarli qayd qilinmagan. 362 Nootroplarning ta’sir mexanizmlari ham batafsil o‘rganilmagan. Ular bosh miya neyronlariga ta’sir qiladi, lekin spinal neyronlarga ta’sir ko'rsatmaydi. Shuning uchun nootroplarni orqa miya kasalliklarida tavsiya qilish befoydadir. Nootroplar antidepressantlaming ta’sir kuchini oshiradi. Shuning uchun ham ularni depressiyalarni davolashda keng qo'llasa bo'ladi. Somatovegetativ, nevrotik va psixosomatik sindromlarda ham nootroplardan foydalanish samarali natijalar beradi. Nootroplarning yurak ishemik kasalliklarida ham foydali ta’siri haqida ma’lumotlar bor. Nootroplar psixogen va ishemik kardialgiyalarda ham foydali vositadir. Bu dorilar bolalarda uchraydigan aqliy zaiflikni davolashda ham keng tavsiya qilinadi. Markaziy asab tizimining turli zaharlanishlarida (spirtli ichimliklar, morfin, barbituratlardan) uchraydigan deliriylar, abstinent sindromlarda piratsetamni parenteral yuborish zaharli moddalarning neyronlarga salbiy ta’sirini pasaytiradi. Surunkali alkogolizmda nootroplarni uzoq vaqt tavsiya qilish ruhiy buzilishlaming oldini oladi. Nootrop dorilarning vakillari juda ko'pdir: piratsetam (nootropil), aminalon, fenibut, pantogam, entsefabol, sermion va hokazo. Psixostimulyatorlar Bosh miyada ruhiy jarayonlarni faollashtiruvchi dorivor vositalarga psixostimulyatorlar deb ataladi. Ular nafaqat ruhiy, balki jismoniy faoliyatni ham kuchaytiradi. Bu dorilarning aksariyati tarkibida kofein moddasini saqlaydi. Psixostimulyatorlar asab tizimini tetiklashtiradi, uyquchanlik va kam harakatlilikni yo'qotadi. Shuning uchun ham bu dorilar apatiya, gipotoniya va adinamiya bilan kechuvchi psixasteniyalarda tavsiya qilinadi. Ushbu kasalliklarda kuzatiladigan bosh og'riqlarni pasaytiradi. Psixostimulyatorlar giperstenik nevrasteniya va qo‘zg‘aluvchi psixozlarda berilmaydi, shuningdek, uyqudan oldin tavsiya qilinmaydi. Bu dorilarni kunning birinchi yarmida tavsiya qilgan ma’qul. Endi psixofarmakoterapiya usullari haqida so‘z yuritamiz va psixogen buzilishlarni davolashda samarali bo'lgan ba’zi dori vositalariga ta’rif keltiramiz. Psixofarmakoterapiya usullari turlicha bo'lib, ulami shartli ravishda 2 turga bo'lish mumkin: monoterapiya usuli, ya’ni faqat bitta psixotrop dorini tavsiya qilish. Buning uchun kasallikning patogenezi, klinik ko'rinishlari chuqur o'rganilib, kompleks ta’sirga ega bo'lgan bitta dori tanlab olinadi va bemorga buyuriladi; politerapiya usuli, ya’ni ruhiy buzilishlarni davolash uchun ikki yoki undan ortiq psixotrop dori tavsiya qilish. Masalan, trankvilizator, nootrop va antidepressantlar. 363 Davolash jarayonida bu ikkala usulning nojo'ya ta’sirlari, dorini (dorilarni) iste’mol qilishning davomiyligi, zarur paytlarda tavsiya qilingan dorini boshqasi bilan almashtirish rejalarini oldindan hal qilish kerak. Endi ruhiy buzilishlarni davolashda ishlatiladigan dorilarning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Novopassit. Bu dori turli dorivor o'simliklardan tayyorlangan bo‘lib, kuchli tinchlantiruvchi ta’sirga ega. U xavotirlanish, vahima, qo'rquv va turli ruhiy-hissiy zo‘riqishlami kamaytiradi va yo‘qotadi. Novopassit asab buzilishi bilan kechuvchi barcha kasalliklarda, shuningdek, psixosomatik sindromlarda keng tavsiya qilinadi. Novopassit ichish uchun kuniga 1 tabletka yoki 1 choy qoshiqdan (5 ml) mahal buyuriladi. Zaruratga qarab, dorining kundalik dozasi 2-3 barobarga oshiriladi. Novopassit eritmasini choy yoki turli sharbatlarga qo'shib ichish mumkin. Oshqozon-ichak buzilishlari bor bemorlarga bu dori ovqat vaqtida tavsiya qilinadi, boshqa paytlari ovqatdan oldin ichgan ma’qul. Novopassit tabletka (30 tabletka) va eritma (100 ml li flakon) ko'rinishida ishlab chiqariladi. Eglonil. Antipsixotik ta’sirga ega. Markaziy neyronlardagi D2-dopamin retseptorlarini qamal ichiga oladi va shu yo'l bilan bosh miyada tormozlanish va qo'zg'alish jarayonlariga ta’sir ko'rsatadi. Eglonilda neyroleptik va antidepressantlarga xos xususiyatlar mavjud, lekin ular u qadar kuchli ta ’sirga ega emas. Shuning uchun ham eglonilni qabul qilgan bemorlarda boshqa neyroleptiklarga xos bo'lgan uyqusirash, koordinator va ekstrapiramidal buzilishlar kuzatilmaydi. Bu dorining antipsixotik ta’siri uning markaziy asab tizimiga faollashtiruvchi ta’siri bilan namoyon bo'ladi. Eglonilning bu xususiyati uni ruhiy faoliyatning o'ta pasayishi bilan kechuvchi turli kasalliklarda, ya'ni ruhiy, nevrologik va psixosomatik kasalliklarda keng qo'llash imkonini beradi. Eglonil autizm, abuliya, adinamiya va xulq- atvorning buzilishlarini (ayniqsa, bolalarda) davolashda ham keng qo'llaniladi. Eglonil hiqichoq, ko'ngil aynishi, bosh aylanish hamda qusish kamaytiradi. Shuningdek, bu dori me’da va o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligida ham tavsiya qilinadi, lekin u antatsid ta’sirga ega emas. Eglonilni kuniga 200 mg dan 1600 mg gacha tavsiya qilish mumkin. Yengil psixotik buzilishlarda eglonil 1 tabletkadan (200 mg) 3 mahal, og'ir buzilishlarda 2 tabletkadan (400 mg) 3-4 mahal tavsiya qilinadi. Apatiya va adinamiya bilan kechuvchi o'tkir psixozlarda eglonil mushak orasiga 100-800 mg yuboriladi. Surunkali psixozlarda va psixosomatik sindromlarda bu dori 100-200 mg. dan (2-4 kapsula) uzoq vaqt mobaynida (odatda, 1 oy) beriladi. Eglonilning bolalarga tavsiya qilinadigan kundalik dozasi tana og'irligining har kilogrammiga 5-10 mg dan to'g'ri kelishi kerak. 364 Eg]оni 1 psixomotor qo'zg'alishlarda, arterial qon bosim baland bo'lgan holatlar va feoxromotsitomada tavsiya qilinmaydi, homiladorlik paytida kam miqdorda beriladi. Eglonilni uzoq davr mobaynida qabul qilish ekstrapiramidal buzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu holatr dorini qabul qilish to‘xtatilgach, o‘tib ketadi. Eglonil kapsulada 50 mg, tabletkada 200 mg, ampulada 2 ml (100 mg) dan, shuningdek, 0,5 foiz eritmasi 200 mlli flakonda (1 choy qoshiqda 5 mg) ishlab chiqarilgan. Instenon. Instenon 3 ta faol moddadan iborat: etamivan, geksabindin va etofillin. Shuning uchun ham bu dori bosh miyaning faoliyati, ayniqsa, qon aylanishiga kompleks ta’sir ko'rsatadi. Etamivan miya ustunida joylashgan retikulyar formatsiyaning faoliyatini kuchaytiradi, buning natijasida po‘stloq va po'stloq osti tuzilmalarining funksional faolligi oshadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling