Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet133/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Psixofarmakoterapiya


Psixogen buzilishlarni farmakologik dorilarni ishlatib davolash psixofarmakoterapiya deyiladi. Psixoterapiya va gipnoterapiyaning ta’sirini kuchaytirish uchun turli psixotrop dorilardan keng foydalaniladi.
Psixotrop dorilar psixogen buzilishlarni bartaraf qilibgina qolmay, balki organizmda kechadigan vegetativ jarayonlar, qon aylanishi hamda yurak va nafas olish faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Shuningdek, bu dorilar gastrointestinal, urologik va jinsiy buzilishlarga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Demak, funksional buzilishlarni davolash uchun ishlatiladigan psixotrop dorilar butun bir organizmning faoliyatini yaxshilaydi. Shuning uchun ham psixotrop dorilar turli xil funksional buzilishlarni davolashda keng qo‘llaniladi. Faqat ularning dozalarini ehtiyotkorlik bilan aniqlab, bemorlarga tavsiya qilish zarur.
Ba’zan bitta simptomni yo‘qotish yoki uning belgjlarini kamaytirish uchun bir qancha davolash usullarini qo'llashga to‘g‘ri keladi. Masalan, og‘riqni qoldirish uchun ishlatiladigan vositalar 41-rasmda keltirilgan.





41-rasm. Og'riqni qoldirish uchun qo‘llani)adigan vositalar va usullar.


358




Psixotrop dorilarga nimalar kiradi? Turli kasalliklarda psixogen buzilishlarni davolashda ishlatiladigan va ruhiy jarayonlarga ta’sir qiluvchi dorivor moddalarga psixotrop dorilar deyiladi. Dastlabki psixotrop dorilar XX asrning 50-yillarida ishlab chiqarila boshlangan. Ungacha bu toifadagi dorilar juda kam bo'lib, bo'rlarining ham ta’sir kuchi past bo'lgan. U davrda kofein, korazol, brom va valerian vositalari keng qo'llanilgan.
1957-yili dastlabki antidepressant (imipramin) kashf qilindi va psixonevrologik sindromlarni davolashda keng qo' liana boshlandi. Keyinchalik, ya’ni 70-yillaming boshida piratsetam kashf qilindi. Bu dastlabki nootrop dori psixotrop dorilar tarkibiga kiritildi va uning ruhiy funksiyalarga ijobiy ta’siri aniqlandi. Shunday qilib, farmakologiyaning katta bir bo'limi yaratildi va unga psixofarmakologiya deb nom berildi.
1966-yiIi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti psixotrop dorilarning quyidagi tasnifini taklif qildi:

  1. antidepressantlar;

  2. neyroleptiklar;

  1. trankvilizatorlar;

  2. sedativ dorilar;

0 nootrop dorilar;
g) psixostimulyatorlar.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling