Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet131/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

351




Nomer

Javoblar

Nomer

Javoblar

Nomer

Javoblar



Ha

Yo‘q



Ha

Yo‘q



Ha

Yo'q

1







20







39







2







21







40







3







22







41







4







23







42







5







24







43







6







25







44







7







26







45







8







27







46







9







28







47







10







29







48







11







30







49







12







31







50







13







32







51







14







33







52







15







34







53







16







35







54







17







36







55







18







37







56







19







38







57







E:




E =







N =







Yo =


352


Olingan natijalar tahlili. Savolnomaga javob berib bo'lingandan so‘ng, savolnoma kaliti yordamida E— ekstraversiya, N— neyrotizm, Yo — yolg'on ko'rsatkichlari bo'yicha shaxs xususiyatlari aniqlanadi.


Kalit
Ekstraversiya - introversiya:
«На» (+): 1, 3, 8, 10, 13, 17, 22, 25, 27, 39, 44, 46, 49, 53, 56.
«Yo‘q» (-): 5, 15, 20, 29, 32, 34, 37, 41, 51.
Neyrotizm:
«На» (+): 2, 4, 7, 9, II, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 31, 33, 35, 38,

  1. 43,45, 47, 50, 52, 55, 57.

«Yolg‘on shkalasi»:
«На» (+): 6, 24, 36.
«Yo‘q» (-): 12, 18, 30, 42, 48, 54.
Kalit bilan mos tushgan javoblarga 1 ball qo'yiladi.

  1. Ekstraversiya-intraversiya: 11-12 ball - o'rta ko'rsatkich, ya’ni ekstravert ham emas, introvert ham emas; 15 ballga teng yoki undan yuqori bo'lsa ekstravert', 19 ballga teng yoki undan yuqori bo'lsa - yaqqol ekstravert; 9 ballga teng yoki undan kam bo'lsa - introvert’, 5 ballga teng yoki undan kam bo'lsa - yaqqol introvert.

  2. Neyrotizm: 9-13 ball - neyrotizmning o‘rta darajasi, 15 ballga teng yoki undan kam bo'lsa - neyrotizmning yuqori darajasi, 19 ballga teng yoki undan kam bo'lsa - neyrotizmning juda yuqori darajasi va nihoyat 7 ballga teng yoki undan kam bo'lsa - neyrotizmning pastld darajasi.

  3. Yolg‘on darajasi: 4 ballga teng yoki undan past - bu norma, 4 balldan ko'p bo'lsa - javoblar namoyishkorona sun’iy to'qilgan, ya’ni o'zini ko'rsatishga harakat qilayapti.

Olingan natijalarga asoslanib sinaluvchining shaxsi o'rganiladi va xulosa yoziladi. Sinaluvchida shaxsning qaysi xususiyati, ya’ni ekstraversiya. intraversiya, neyrotizm ko'proq namoyon bo'lganligini va uning temperamenti aniqlanadi. Ko'rsatkichlar normadan farq qilsa, sinaluvchiga o'z shaxsi ustida o'ylab ko'rish tavsiya etiladi.


XX BOB. PSIXOTERAPIYA VA PSIXOFARMAKOTERAPIYA




Bemorning ruhi tushmagan va ishtahasi saqlangan bo'lishi tuzalish uchun yaxshi alomat.
Gippokrat

  1. Psixoterapiya

Psixoterapiya - qalb va ruhni davolash degan ma’noni anglatadi. Tibbiyot paydo bo‘libdiki, psixoterapiya qo'llanib kelingan. Psixoterapiya usullari asli Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, bemorlarni davolashda ko‘p qoilaniladigan usullardan biri bo‘lgan.
Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Ismoil Jurjoniy, al-Karvakiy Xazoraspiy kabi buyuk allomalar o‘zlarining davolash usullarida giyohlardan tashqari psixoterapiya usullarini ham qo'llashgan. Asab-ruhiy xastaliklar bilan yotib qolgan bemorlar ularning tashrif! va so'zlaridan tuzalib, oyoqqa turib ketganlar. So‘z buyuk kuchdir. Psixoterapiyaning asosiy maqsadi ham so‘zni topib ishlata bilishdadir. So‘zni bemorlarni davolashda ishlata olish ham bir san’atdir. So‘z inson uchun berilgan oliy ne’matdir, bundan bemorlarni davolashda o‘ta bilimdonlik bilan foydalanish kerak. Ozgina ehtiyotsizlik salbiy natija berib qo‘yishi mumkin.
Psixoterapiya usuli Yevropada XVII asrda venalik vrach va olim Mesmer tomonidan keng qo‘llana boshlangan. Tibbiyotda bemorlarni davolashda gipnoz usuli XVIII-XIX asrlarda J. Sharko, J. Bred, Z. Freyd, V.M. Bexterevlar tomonidan keng qo‘llanilgan. Nevrologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan fransiyalik olim J. Sharko psixoterapiya usulidan asab kasalliklarini davolashda keng foydalangan. Har bir nevropatolog J. Sharkoni bir qancha irsiy-degenerativ kasalliklarni bayon qilgan olim sifatida yaxshi biladi. U Yevropada shu qadar mashhur bo'lganidan «nevrozlar Napoleoni» deb laqab qo'yishgan. Undan ta’lim olish uchun yosh olimlar (shu jumladan, Z. Freyd ham) Parijga intilishgan.
Psixoterapiya jarayoni bemor va vrach psixologiyasining asosiy obyektidir. Psixoterapiya o‘tkazayotgan paytda bemorning ruhiy holati, temperamenti, kasallikni keltirib chiqargan sabablar va organizmning umumiy ahvoliga, albatta, e’tibor qaratish lozim.
Vrach katta bilimdonlik bilan bemorning ko‘nglini og'ritmasdan, kasallik sabablarini aniqlab olishi zarur. Bemor kasallik bilan bog‘liq barcha sirini vrachga aytib bera olishi kerak. Psixoterapiya usuli har bir bemor uchun individual tarzda ishlab chiqilmog'i lozim. Bemorning shaxsini tola o‘rganish psixoterapiyada muvaffaqiyat qozonishning


354




garovidir. Bemor ruhiga ijobiy ta’sir qilish tashxis qo'yish jarayonidan boshlanadi. Davolashning muvaffaqiyatli bo‘lishi vrachning obro'- e’tiborini oshiradi. Psixoterapiyada ishonch va ixlos bilan qarash ham samarali natijaga erishishda muhim rol o'ynaydi. Psixoterapevtik muolajalar bemorning ahvoliga qarab, kasallik anamnezini chuqur o‘rgangan holda uzoq yoki qisqa vaqt davom ettirilishi mumkin. Davolash muolajalarining cho‘zilib ketishi, bir xil bo'lib qolishi yoki «Sizni uzoq vaqt davolashga to‘g‘ri keladi», qabilidagi gaplar ijobiy natijalami yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Bu yerda Z. Freydning hanuzgacha bahs va munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan so‘zlarini keltiramiz: «Natijasi qanday tugashidan qat’i nazar, davolash jarayoni oldindan belgilangan vaqtda tugatilishi kerak». Demak, davolash muddati oldindan belgilanishi va buni bemor bilishi zarur.
Bemorni davolashda gipnoz, uqtirish, tushuntirish va ishontirish usullarini qo'llash zarur. Chunki shunday holatlar bo‘ladiki, bemor vrachning yaxshi mutaxassisligiga ishonadi, lekin o‘zining sog'ayib ketishiga ishonmaydi, kasalini tuzalmas, og‘ir, deb miyasiga singdiradi. Bu, ayniqsa, nevrozlar uchun juda xosdir. Dard sababli bemor o‘z ishi, bola-chaqasi, rafiqasi, qarindosh-urug‘i va tinimsiz davom etayotgan davolash usullaridan bezgan bo'ladi. Bunday paytlarda, neyrofiziologlar ta’biri bilan aytganda, bosh miya katta yarim sharlarining po‘stIog‘ida inert qo‘zg‘alish paydo bo'ladi. Bu o'choqni «parchalab» yuborishgina bemorni kasallik belgilaridan xalos qilishi mumkin.





40-rasm. Gipnoz. Gipnoz paytida so‘z orqali ta’sir qilish nutq (1), silash sezgi (2), ko'z bilan boqish ko'ruv markazlarini (3) tormozlaydi va bemorning gipnotik uyquga

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling