Tibbiyot psixologiy asi
-rasm. Xed-Zaxarin sohalari. Ichki a’zolar kasalliklarida terida kuzatiladigan gipcrestcziyalar
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bezovta oyoqlar» sindromi
- Psixosomatik sindromlar
31-rasm. Xed-Zaxarin sohalari. Ichki a’zolar kasalliklarida terida kuzatiladigan gipcrestcziyalar.
187 atrofiyalar va sezgi buzilishlari yo‘q (faqat umumiy giperesteziyadan tashqari), pay reflekslari saqlangan edi. Endi eng asosiysi bemorda yatrogeniya belgilarini yo'qotish va orqa miyada hech qanday jarohatlanish yo‘qligiga ishontirish kerak edi. Bu vazifaning uddasidan chiqqanimizdan so‘ng bemor davolanishga katta ishonch bilan qarab, tavsiya qilingan barcha muolajalarni ola boshladi. Bemor, asosan, psixoterapevtik muolajalar hamda platseboterapiya usuli bilan davolandi va sog‘ayib ketdi. Chunki og'riq va falajlik organik xususiyatga ega emasdi. Ikkinchi voqea ham yatrogeniyaga yaqqol misol bo'la oladi. Bu voqea viloyat shifoxonalarining birida sodir bo'lgan edi. Uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan asab kasalliklari vrachi umr yo'ldoshiga «disk churrasi» tashxisini qo'yadi. To'yda tinmay yumush qilgan 40 yoshdan oshib qolgan bu ayolning belida kuchli og'riq paydo bo'lib, ikki kundan so'ng oyog'lari ishlamay qoladi, to'g'rirog'i, kuchli og'riqdan qo'rqib, ularni sira qimirlatmaydi. Buning ustiga «disk churrasi», asosan, operatsiya yo'li bilan davolanadi, deb o'ylagan bemorda affektiv holat yanada rivoj oladi. Oddiy ukollarni ham dod-voy qilib 5 oy mobaynida konservativ yo'l bilan davolanadi. Nihoyat, turmush o'rtog'i operatsiya qildirishga rozi bo'lgach, uni Toshkentga olib kelishadi. Bemor neyroxirurgiya klinikasiga yotqiziladi va o'sha kechasi unga epidural og'riqsizlantirish qilinadi (chunki oddiy novokainli blokadalar yordam bermas edi). Ertasi kuni bemorga epidural miyelografiya qilinib, disk churrasi yo'qligi aniqlanib, nevropatologga murojaat qilish tavsiya etiladi. Bemorda har tomonlama nevrologik va psixologik status tekshiriladi. Unda affektiv buzilishlar oqibatida rivojlangan psixogen giperesteziya va radikulalgiya aniqlanadi. Bemor maxsus davolash muolajalaridan so'ng tuzalib ketadi. Savol tug‘iladi: yatropatiyalar uzoq (oylab, yillab) davom etishi mumkinmi? Ha, albatta, davom etishi mumkin. Bemor qancha ko'p muvaffaqiyatsiz davolash usullari bilan davolansa, psixogen kasallik nafaqat uzoq vaqt davom etadi, balki zo'rayib ham boradi. Bu psixogen sindromlar qancha uzoq davom etsa, davolash ham shuncha cho'ziladi, degani emas. Tashxis to'g'ri aniqlangandan so'ng bemorning psixologiyasiga moslab tuzilgan davo choralari shu zahoti yoki bir-ikki kun ichida foyda beradi. Bu yerda kasallikning davomiyligi emas, aksincha, ruhiy ta’sir qilish katta ahamiyatga egadir. «Bezovta oyoqlar» sindromi Bu sindromga XIX asr boshidayoq fransuz psixiatrlari e’tibor qaratishgan. «Bezovta oyoqlar» sindromi niqoblangan depressiyaning bir klinik ko'rinishi bo'lib, bu kasallikda kechasi va tunda oyoqda turli xil 188 paresteziyalar paydo bo'ladi, ular kunduz kuni va harakat qilgan paytlarida o'tib ketadi. Bemorlar oyog'iga xuddi birov nina bilan sanchgandek, tovonining tagi yonib turgandek, go'yoki oyoqlarining ustiga qizib turgan qum sepib qo‘yilgandek sezishadi, oyoqlari bir qizib, bir sovib ketadi. Bularning hammasi tunda boshlanadi, bemorlar uxlay olmay xonama-xona yurib chiqadilar. Tong otishi bilan esa bu belgilar yo'qoladi. Kunduzi bemor hech narsadan shikoyat qilmaydi. Bu bemorlarning nevrologik statusida organik belgilar aniqlanmaydi. «Bezovta oyoqlar» sindromi affektiv buzilishlar bilan kechadi va uni organik kasalliklarda uchraydigan og'riqlardan ajratib turadi. Psixosomatik sindromlar O'tkir va doimiy stress natijasida ichki a’zolarda rivojlanadigan funksional tuzilishlarga psixosomatik sindromlar deb aytiladi. Psixosomatik sindromlarning tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishib chiqamiz: psixogen kardialgiyalar; yurak ritmining psixogen buzilishlari; psevdorevmatizm; psixogen astma; oshqozon-ichak sistemasining buzilishlari; psevdourologik sindromlar; psixogen jinsiy buzilishlar; psevdodermatologik sindromlar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling