Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet68/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Psixogen giperesteziya
Psixogen giperesteziya psixoasteniya yoki nevrasteniya kasalliklarining asosiy simptomlaridan biri sanaladi. Bunday bemorlar tashqi odatiy ta’sirlarga shu qadar sezgir bo'lishadiki, ularni quyosh nuri, shamolning


185




biroz qattiq esishi, avtomobillar tovushi, telefon yoki eshik qo‘ng‘iroq‘iningjiringlashi, bolalarning shovqin-suroni ham juda bezovta qiladi. Odatda, bunday bemorlar har qanday tovushdan eti jimirlab ketishi, tanasini xuddi tok urgandek bo'lishi va boshi qattiq og‘rib, o‘zlarini juda yomon his qilishlaridan shikoyat qilishadi. LTlarni vrach tekshirayotganda, doimo seskanib turishadi, tanasiga qo'l tekkizgani qo‘yishmaydi, chunki og‘riq kuchayib ketishidan qo‘rqishadi. Agar vrach «Men sizga tekshirmay turib tashxis qo‘ya olmayman», desa bemor vrachning qo‘lini o'zi ushlab tanasining og'riydigan joylariga olib boradi. Bunday bemorlarda tananing eng sezgir joylari, odatda bosh va oyoqlar hisoblanadi.
Tanadagi giperesteziya sohalari ichki a’zolar kasalliklari natijasida ham bo'lishi mumkin va ular tananing hamma joyida emas, balki ma’lum bir sohalarida kuzatiladi. Bu sohalar Xed-Zaxarin sohalari
deb ataladi (31- rasm).
Psixogen giperesteziyalar, ayniqsa, bosh terisida yaqqol ifodalangan bo'ladi. Psixonevroz bilan xastalangan bemorning boshini tekshirayotgan vrachning qo'lini bemor itarib yuborgan. U boshida qattiq og'riq paydo bo'lganidan shikoyat qilib, doktor qabulida 10 daqiqagacha o'tirib qolgan. Oradan 3-4 daqiqa o'tgach «Og'riq o'tib ketdimi yoki biror og'riq qoldiradigan dori beraymi?» deb so'ralganda, bemor: «Yo'q, hozir o'zi o'tib ketadi, nega mendan so'ramasdan boshimni bosib qo'ydingiz?» deb vrach yordamidan voz kechgan.
Yana bir bemorning tizza refleksi nevrologik bolg'acha bilan tekshirilayotganda oyog'ida kuchli og'riq paydo bo'lib, yura olmay qoladi va birozdan so'ng o'tib ketadi. Psixogen giperesteziyalar uchun og'riqlarning aynan tanadagi sezgir nuqtalarda paydo bo'lishi xosdir. Masalan, trigeminal va oyoqlardagi nerv stvollari sohasidagi nuqtalarda va hokazo. Ba’zan bexosdan aytib qo'yilgan so'z yoki tashxisdan so'ng bemorlarda yatropatik xususiyatga ega bo'lgan turli og'riqlar va giperesteziyalar paydo bo'lishi ham mumkin.
Biz o'zimiz kuzatgan quyidagi ikki bemor bunga misol bo'la oladi: D. ismli 18 yashar kelin oilada yuz bergan falokatdan so'ng o'ziga-o'zi pichoq uradi. Qorinning ikkita joyiga urilgan zarbadan bemor ko'p qon yo'qotib, jarrohlik bo'limiga keltiriladi. Shu zahoti ko'rsatilgan yordamdan so'ng yosh kelinning hayoti saqlab qolinadi. Bemor tuzalib chiqadi, biroq uning oyoqlarida paydo bo'lgan og'riq borgan sayin kuchayib boradi. Ikkala oyoqda falajlik paydo bo'ladi. Bemorni nevropatologga ko'rsatishadi. U «Pichoq orqa miyadagi nerv tolalarini ham shikastlagan», deb xulosa chiqaradi va davolash choralarini tavsiya qiladi. Bemor bu tashxisni qo'yarda-qo'ymay ota-onasidan bilib olgach,


186




tanasidagi og'riqlar bel va oyoqlarda «to'planadi». Og'riqlar tunda o'z- o'zidan paydo bo'lar va bu azobga chidolmay qichqirib yig'lab yuborardi. Bemor badanini hatto choyshab bilan ham yoptirmas edi. Chunki choyshab biror joyiga tegib tursa, og'riq kuchayardi. U hatto tanasiga o'zi ham qo'l tekkizmas edi. Bemor tanasida tez-tez va to'satdan paydo bo'ladigan og'riqlarni kutib, ikkala qo'li bilan to'shakning chetidan mahkam ushlab yotardi. Agar unga biror yordam kerak bo'lsa, faqat katta akasiga murojaat qilardi, boshqalar (ota-onasi, ukalari) ni yoniga yo'latmasdi. Bu holatni psixogen og'riqlarga qiyosiy tashxis qo'yganda e’tiborga olish zarur. «Nega bunday qilasiz?» degan savolga bemor: «Akam hech joyimni og'ritmasdan yordam beradi», deb javob bergan. U uyga kelgan vrachlarni ham yoniga yo'latmagan. Bemor bilan ikki kun mobaynida suhbat uyushtirilib, uning psixologik statusi tekshirildi. Bemor suhbat chog'ida har gal: «Meni hech joyimga tegmay davolaysizmi?», «Orqa miyam haqiqatan ham jarohatlanmaganmi?» deb so'rardi. Bemor bilan umumiy til topilgandan so'ng unda to'la nevrostatus tekshirildi. Oradan bir necha oy o'tganiga qaramasdan, bemorning oyog'ida






Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling