Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vegetativ-tomir distoniyalari Surunkali charchash sindromi
Anemiyalar
Yurak kasalliklari Turli etiologiyali vestibulopatiyalar Bosh miya o‘smalari, ayniqsa ensa chuqurchasida Vegetativ-tomir distoniyalari Surunkali charchash sindromi Boshqa etiologiyali bosh aylanishlar Bosh aylanishi kamdan-kam hollarda alohida uchraydi. Aksariyat hollarda yurak urib ketishi, holsizlanish, sovuq terga botish, quloqda shovqin paydo bo'lishi, ko'ngil aynishi, oyoqlaming titrashi bilan birga kuzatiladi. Odatda, bu belgilar affektiv buzilishlardan so'ng kuchayadi. Bu bemorlar balandlikdan qo'rqishadi, shuning uchun ham ular balkon va baland ko'prikdan yoki tomdan pastga qaramaslikka harakat qiladilar, chunki bunday paytda bosh aylanishi kuchayadi. Psixogen bosh aylanishlarga xos yana bir belgi uning vaziyatni oz bo‘lsa-da o'zgartirganda kuchayishidir. Masalan, baland qavatli binoda yashaydigan bir bemor undan bir qavat yuqori yashaydigan qo'shnisi- nikiga chiqib, balkondan pastga qaraganda boshi aylanib, gandiraklab ketgan, ko'ngli aynigan, yo'lakka chiqqanda esa kamaygan va bir oz vaqt o'tgach, to'xtagan. Shunisi e’tiborliki, psixogen bosh aylanishda bemorlar liftdan ko'ra zinapoyadan ko'tarilishni afzal ko'rishadi. Aksariyat psixogen bosh aylanishlar qo'rquv bilan kechadi. Buning aksi o'laroq, vertebrobazillyar sindromlarda bosh aylanishi qo'rquvsiz uchraydi yoki qo'rquv bosh aylangandan so'ng kuzatiladi. Bemorlarda faqat balandlikdan emas, balki avtomobillar qatnovi tez bo'lgan katta yo'lga qaraganlarida ham bosh aylanishi paydo bo'ladi yoki kuchayadi. Ular bunday paytlar katta tezlikda o'tayotgan avtomobillarga qaramaslikka harakat qilishadi yoki oyoqlarining ostiga 180 qarab qadamlarini nazorat qilib yurishadi. Ana shunda ularda bosh aylanishi kamayadi. Katta zallarda olib boriladigan majlislar yoki uzoq davom etuvchi darslarda ham bemorlarda bosh aylanishi avj oladi. Talabalarda imtihonlarga berilib tayyorgarlik ko'rish, ilmiy xodimlar va yozuvchilaming tinmay asarlar yozishi yoki har qanday sog'lom odamda kuzatilishi mumkin bo'lgan ortiqcha aqliy zo'riqishlar ham bosh aylanishiga sabab bo'ladi. Lekin asteniyaga uchragan bemorlarda ruhiy- hissiy zo'riqish bosh aylanishini osongina keltirib chiqarishi mumkin. Bosh aylanishi, aksariyat hollarda, qisqa vaqtga hushdan ketish (sinkope) bilan kechadi. Bu, ayniqsa, umumiy psixogen giperesteziya bilan kechuvchi psixonevrologik kasalliklar uchun juda xosdir. Buning asosida vestibulyar apparatning kuchli darajada qo'zg'aluvchanligi yotadi. Tez-tez hushdan ketib turadigan bemorlarning bosh miya qon tomirlari tekshirilganda, ularda tomirlar tonusining o'ta darajada pasayganligi (gipotonus) yoki o'zgaruvchanligi (distoniya) aniqlanadi. Sinkope holatlari psixogen giperventilyatsiyada, arterial qon bosimi pasayganda va yurak kasalliklarida ham yuz beradi. Uzoq vaqt yotib qolgan bemorlar gorizontal holatdan vertikal holatga o'tishsa, bosh aylanishi ortostatik kollaps bilan birga yuz beradi. Bu holat, ayniqsa, arterial gipotenziyada yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ba’zan yuqori darajada rivojlangan nevrasteniyalar yoki psixoasteniyalarda bemor hushdan ketib qolishi uchun bitta qo'rquvning o'zi kifoya. Bemor bir marta hushidan ketsa (ayniqsa, odamlar orasida), u doim navbatdagi xurujni kutib bezovta bo'lib yuradi. Nevrolog olimlardan biri Oppengeym (1894) «Har bir kishi o'zida bosh aylanishini yuzaga keltirishi mumkin, agarda u muvozanat va bosh aylanishi haqida o'ylayversa», degan edi. Ba’zan bosh aylanishi yatropatiya asorati hisoblanadi. Shuning uchun ham bemordagi simptomlami, agar ular psixogen xususiyatga ega bo'lsa, juda xavfli deyaverish kerak emas. Shaxsiy kuzatuvimizdan bir misol keltiramiz. Uzoq yillardan buyon quloq, burun va tomoq kasalliklari poliklinikasida hamshira bo'lib ishlaydigan va tez-tez asabiylashadigan ayolda qattiq hissiy zo'riqishdan so'ng bosh aylanishi alomatlari paydo bo'ladi. U shu darajada kuchli bo'ladiki, hatto bir qo'lidan bo'yi yetgan qizi, ikkinchisidan esa turmush o'rtog'i ushlab turgandagina tik tura oladi. Bu bemorga o'zi ishlaydigan poliklinikada «Menyer kasalligi» deb tashxis qo'yiladi. Tashxis bir necha bor o'zgartiriladi. Bunday kasali bor bemorlarni bir necha marta o'zi ham ko'rgan va anketalar ochgan hamshirada bu kasallikning yaqqol belgilari namoyon bo'la boshlaydi. U boshqa mutaxassislar (nevropatolog)ga ko'rinmasdan, uch yil mobaynida LOR vrachlarida davolanib yuradi. Bosh aylanishi xurujlari 181 tez-tez kuzatilib turadigan bu bemor borib-borib juda jahldor, arzimagan narsaga yig'layveradigan va affektiv holatga tez tushadigan bo'lib qoladi. Bemor miyasiga «Menyer kasalligini» shu darajada singdirib olgandiki, har bir affektiv buzilishdan so'ng unda xuddi shu kasallikka o'xshash belgilar paydo bo'Iavergan. Psixoterapevtik muolajalar yetarlicha o'tkazilmaganligi uchun davolanish jarayoni juda cho'zilgan. Bir so'z bilan aytganda, bemorda yatropatiya rivojlangan edi. Navbatdagi xurujdan so'ng bemorga nevropatologga ko'rinish tavsiya qilinadi va bizga maslahatga yuboriladi. Kasallik va hayot anamnezi bilan tanishib chiqqach, unda nevrologik va psixologik tekshiruvlar o'tkazdik va yana bir bor LOR vrachlari bilan maslahatlashib, «Menyer kasalligi» ni inkor qildik. Barcha tekshiruvlardan so'ng bemorga «Menyer sindromi ko'rinishidagi niqoblangan depressiya» tashxisi qo'yildi, ya’ni haqiqiy «Menyer kasalligi» - inkor qilindi. Bemorning hamshiraligi e’tiborga olinib, unga bu atamalar farqi hamda tekshiruvlar natijasi tushuntirib berildi. Bulaming hammasi hamshiraga katta ijobiy ta’sir ko'rsatdi va u endi davolash muolajalariga katta ishonch bilan qaray boshladi. O'tkazilgan platseboterapiya va psixoterapiya muolajalaridan so'ng bemor tuzalib ketdi. Biz bu yerda yatropatiyaning yana bir klinik ko'rinishini tahlil qildik. Astenik bemorlar yatropatiyaga juda moyil bo'lishadi, uni keltirib chiqarish uchun tibbiyot xodimining bexosdan aytib qo'ygan birgina so'zining o'zi kifoya. Nima uchun yatropatiya belgilari bemorda uzoq vaqt davom etadi? Eksperimental fiziologiya ma’lumotlariga ko'ra, har qanday tashqi ta’sirot (ayniqsa, salbiy) bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ida «dominant o'choq» paydo qiladi va bu sohaning neyronlari boshqa soha neyronlari faolligini pasaytiradi. Natijada miyaning integrativ faoliyati buzilib, funksional xarakterga ega bo'lgan patologik simptomlar yuzaga keladi. Ularni yo'qotish uchun miyaning funksional faoliyatini oshirish va po'stloqda boshqa, ya’ni ijobiy xususiyatga ega bo'lgan «dominant o'choq» paydo qilish kerak. Aksariyat hollarda bosh aylanishi senestopatik va ipoxondrik simptomlar bilan namoyon bo'ladi. Bunda tanada sira ketmaydigan turli xil sezgilar, uvishishlar, og'riqlar, qo'l va oyoqlarning karaxt bo'lib qolishi kuzatiladi va yilning turli fasllarida kuchayib yoki pasayib turadi. Kasallikning bunday mavsumiy kechishi, albatta, organik kasallikni izlashga majbur qiladi. Bu yerda xatoga yo'l qo'ymaslik uchun klinik tekshiruvlar psixologik tekshiruvlar bilan birgalikda olib borilishi kerak. 182
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling