Tibbiyot psixologiy asi


Jinsiy yaqinlik paytida kuzatiladigan seksual buzilishlar


Download 0.96 Mb.
bet87/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Jinsiy yaqinlik paytida kuzatiladigan seksual buzilishlar

Vaginizm. Jinsiy aloqa va ginekologik tekshiruvlar paytida qinning qattiq qisqarishiga vaginizm (lot. «vagina» - qin) deb ataladi. Bunday paytlarda tos organlari mushaklari bilan birgalikda qorin mushaklari ham qisqarib, ikkala son bir-biriga jipslashadi. Jinsiy aloqa paytida vaginizmning rivojlanishi uchun ruhiy omillar katta ahamiyatga ega. Birinchi marta jinsiy aloqa qilayotgan va parda yirtilishida paydo bo‘ladigan og'riqdan qattiq qo'rqadigan qizlarda vaginizm ko‘p uchraydi.
Vaginizmning uch xil darajasi farq qilinadi: I daraja - vaginizm olatni yoki ginekolog asbobini qinga kirgizganda paydo bo'ladi; II daraja - olat yoki asbobning qinga yaqinlashganida ro'y beradi; III daraja - vaginizm paydo bo'lishi uchun jinsiy aloqani yoki asboblar bilan tekshirishni tasavvur qilishning o‘zi yetarli bo'ladi.
Jinsiy aloqani rang-barang qilish maqsadida ba’zi ayolu erkaklar mazoxizm va sadizmni xush ko'rishadi. Jinsiy yaqinlik paytida o'ziga jismoniy shikast yetkazilgandagina qoniqish hosil qilishga mazoxizm, hamrohiga azob berishdan qoniqishga sadizm deb ataladi.
Vaginizm, ayniqsa, nevroz, isteriya va ipoxondriyada ko'p kuzatiladi. Mabodo qizlar birinchi jinsiy aloqadan so'ng qattiq og'riq sezsa. keyinchalik ularda turli darajada rivojlangan vaginizm paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun yosh kelinlarni jinsiy aloqaga ruhan tayyorlash katta ahamiyatga ega.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling