Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Teri giperesteziyasi
Teri giperesteziyasi organizmning umumiy giperesteziyasining bir turi bo'lib, bunda arzimagan tashqi ta’sir terida kuchli patologik o'zgarishlarga olib keladi. Ma’lumki, chuqur affektiv buzilishlar qonda katexolaminlar miqdori oshishi bilan kechadi. Bu fiziologik jarayon, albatta, teridagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi. Bu asab tizimining stressorga bo'lgan moslashish va himoya reaksiyasidir. Teri filogeneiik jihatdan keksa a’zo hisoblanadi. Har qanday affektiv buzilishlar terida o‘z aksini topadi va teri giperesteziyasi ham ruhiy buzilishlarning klinik ko‘rinishlaridan biridir. Teri giperesteziyasi kuchli darajada bo'lgan bemorlarning tanasida barmoq bilan tegilsa, o'sha joyning o‘zida shb i va qichishish paydo bo‘ladi. Agar ularning tanasiga sal o‘tkirroq nan ! bilan tegilsa, bemorning butun tanasida eritemalar paydo bo'ladi. Albatta, bunday bemorlarni tekshirish o‘ta mushkuldir. Ular hatto qo'llarini ham tanalariga tegishidan qo'rqishadi, kechqurun kiyimlarini ham yechmay uxlashga yotishadi, chunki bir kiyimni ikkinchisi bilan o'zgartirish tanada og'riq paydo bo'lishi va boshqa belgilarning kuchayishiga olib keladi. O'zgarishlar, ayniqsa, barmoqlarda kuchli rivojlangan bo'ladi. Ular botinka bog'ini bog'lay olmaydilar, ovqatni qoshiqsiz ichishga harakat qiladilar, biror ish qilishmoqchi bo'lishsa, iloji boricha rezina qo'lqop kiyib oladilar. Bunday bemorlarga ba’zan adashib «allergik dermatit» tashxisi qo'yiladi. Teridagi o'zgarishlar aksariyat hollarda barmoqlardan boshlanib bo'yin sohasiga asta yetib boradi va bemorda bo'g'ilish belgilarini beradi. Bemor butun fikrini terida bo'layotgan azobli o'zgarishlarga qaratadi, unda ipoxondriya rivojlanadi va bu kasallikning yanada avj olishiga sabab bo'ladi. O'tkazilgan og'ir somatik kasalliklar, ayniqsa, operatsiyalardan so'ng ham terida ana shunday kuchli o'zgarishlar bo'ladi. Bir necha somatik organlar operatsiyasidan so'ng rivojlangan teri giperesteziyasiga misol keltiramiz. R. ismli ayol, 35 yoshda, kasbi sotuvchi (asosan shirinliklar sotadi), avval kasalxonada oshpaz bo'lib ishlagan. Bir yilda ikkita og'ir operatsiyani boshdan kechiradi: birinchisida katta mioma borligi sababli bachadon, ikkinchi safar jigardan exinokokkoz pufakchalari olib tashlanadi. Umumiy narkoz bilan o'tkazilgan bu operatsiyalardan so'ng bemorning terisi o'ta sezgir bo'lib qoladi. Dastlab piyoz tozalaganda, ovqatga murch ishlatganda, issiq narsalarni ushlaganda, tanasiga o'tkirroq narsa tegib ketganda terida qichimalar, og'riq paydo bo'ladi. Agar shu narsalardan foydalanmasa, terida hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Bemor bezovta bo'lib, ya’ni «Terimda allergik kasallik paydo bo'ldi», Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling