Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Alfred Adler
Nevrozlar «Nevroz» atamasi 1776-yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif qilingan. 0‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif berilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘tarilmaydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bo'lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo'ladi. Keyinchalik nevrozga turlicha ta’riflar berildi va uning bir qancha tasniflari yaratildi. Barcha asab kasalliklari organik va funksional kasalliklarga ajratildi. Nerv to'qimalarida morfologik o'zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklarga organik, asab tizimining faqat funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarga funksional kasalliklar deb nom berildi. Hozirgi kunda tibbiy amaliyotda nevrozlarga asab tizimining funksional kasalligi sifatida qaraladi. Ba’zi olimlar bu fikrga qo'shilmaydi va nevrozlarda aniqlangan turli metabolik va yengil organik buzilishlami misol qilib ko'rsatishadi, ya’ni ularning fikricha, organik simptomlar nevrozlar uchun ham xos. Biroq, bu organik va metabolik buzilishlar nevroz sababli paydo bo'Iganmi yoki avval o'tkazilgan kasallik asoratimi, bunga aniq javob berish ancha mushkul. Shunday qilib- nevrozga qanday ta’rif berish mumkin? Nevroz asab tizimining funksional kasalligi bo'lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz psixogen kasallikdir. Nevrozda aniq ko'ringan morfologik buzilishlar bo'lmasa- da, uning aksariyat turlarida vegetativ-trofik o'zgarishlar kuzatiladi. Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan qat’i nazar, bemorlarni natijali davolash mumkin. Biroq, bu davolash jarayoni ba’zan uzoq davom etadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling