Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet91/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

235




deb dermatolog va allergologga uchraydi, Ular achchiq, sho‘r, issiq narsalarga yaqinlashmaslik va o‘tkir narsalarni ushlamaslikni tavsiya qilib, antigistamin vositalar qabul qilishni buyurishadi. Uy bekasi bo'lgan bemor iloji boricha doktorlarning tavsiyasiga amal qilishga harakat qiladi, lekin ovqat qilish, kir yuvish, uy tozalash kabi yumushlarni ham qilib turadi. Bemorda asta-sekin ipoxondrik va fobik belgilar shakllana boshlaydi. Chunki u doktorlar tavsiya qilgan rejimga rioya qila olmayotgani uchun aziyat chekar, buning ustiga yangi-yangi simptomlar paydo bo‘layotgan edi. Endi bemor qoiini sovunlab yuvsa ham, shakar ushlasa ham terisida qizarish va qichima, qizil pufakchalar hamda chidab bo‘lmas og'riq paydo bo‘la boshlaydi. U shakardan turli xil shirinliklar pishirib sotishni to‘xtatadi. Doktorma-doktor qatnab tuman, viloyat shifoxonalarida davolanadi, lekin biror natijaga erishmaydi. Kasallik zo‘raygandan-zo‘rayib, bemorning qo‘liga nima tegsa ham (yumshoq- qattiqligidan qat’i nazar) teriga qizil pufakchali toshmalar toshib ketaveradigan, tanada kuchli og'riq paydo bo'ladigan, so'ng esa nafasi siqib bo'g'iladigan bo'lib qoladi. Ahvol shu darajagacha borib yetadiki, u hatto beshta barmog'ini bir-biriga yaqinlashtirib, qo'lini musht qila olmaydigan bo'lib qoladi, chunki barmoqlar bir-biriga ishqalansa, butun tanasida umumiy giperesteziya belgilari paydo bo'lib, bo'g'ila boshlardi. Bemor har gal siqilganda, ayniqsa, kechalari kasali zo'rayadi.
Bemorning nevrostatusi tekshirilganda kuchli darajadagi organik nevrologik simptomlar topilmadi. Unda vegetativ, ipoxondrik va fobik belgilar aniqlandi. Bemorda hamma allergik sinamalar o'tkaziladi. Unga ham allergiyaga qarshi, ham tinchlantiruvchi dorilar, bir oy mobaynida psixoterapevtik muolajalar, trankvilizatorlar, antidepressantlar buyuriladi. Bira to'la platseboterapiya qilinadi. Bemor kompleks davolash muolajalaridan so'ng butunlay tuzalib ketadi.
Biz bu misolda avval ruhan sog'lom bo'lgan bemorda o'tkazilgan ikkita og'ir operatsiyadan so'ng rivojlangan umumiy giperesteziya bilan kechuvchi somatopsixik sindromning guvohi bo'ldik.
Mutaxassislarning fikricha, aksariyat hollarda terida boshlangan o'zgarish dastlab funksional xususiyatga ega bo'ladi va keyinchalik organizmning immuniteti pasayishi natijasida kasallik organik tus oladi, ya’ni terida surunkali yallig'lanish jarayonlari boshlanadi. Demak, teridagi patologik jarayonlami faqat funksional buzilishlar bilan bog'lash kerak emas. Buning tasdig'ini yuqoridagi misollarda ko'rdik: barcha holatlarda teridagi organik simptomlar funksional belgilar bilan birgalikda namoyon bo'ldi va shu bilan birga affektiv buzilishlar barham topgach, nafaqat funksional belgilar, balki organik simptomlar ham o'tib ketdi yoki keskin pasaydi. Bemorlarni davolashda buni, albatta, e’tiborga olish kerak.


236




Agar laborator va paraklinik tekshiruvlarda patologik o'zgarishlar topilmasa, dermatologik va allergiyaga qarshi davo choralari yordam bermasa, teridagi o‘zgarishlarni niqoblangan depressiyaning klinik ko‘rinishi sifatida davolash mumkin. Chunki teridagi eritemalar, shish va kichik yarachalar vegetotrofik o'zgarishlaming klinik ko‘rinishi bo'lib, ular psevdoallergik simptomlar deb ham ataladi. Patologik jarayon cho‘zilgan sayin parasimpatik tonusning oshib borishi va atsetilxolin ko‘p miqdorda ajralib chiqishi natijasida terida joylashgan mayda qon tomirlarining uzoq vaqt va kuchli darajada kengayishi ro'y beradi. Teridagi vegetotrofik o'zgarishlar asosida mana shu jarayon ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy teri giperesteziyasining klinik ko‘rinishlaridan yana biri terida gemorragik toshmalarning paydo bo‘lishidir. Bemomi tekshirayotganda (palpatsiya, perkussiya) yoki biror joyini ushlaganda darrov o'sha joyi ko'karib qoladi. Klinik va laborator tekshirishlarda gematologik, immunologik va boshqa organik belgilaming yo'qligi, bemorda gemorragik vaskulit tashxisini inkor qilishga yordam beradi. Faqat affektiv buzilishlar kuchayganda paydo bo'lib yoki zo'rayib, uzoq vaqt dam olganda, psixoterapevtik muolajalar o'tkazganda, ruhan tinchlanganda o'tib ketadigan teridagi patologik o'zgarishlar doimo psixogen xususiyatga ega bo'ladi.
Ushbu bobda biz terida kuzatiladigan patologik jarayonlarning psixogen xususiyatga ega ekanligini o'rgandik. Shuning uchun ham bu bemorlarni davolashda psixoterapevtik muolajalar, ayniqsa psixodinamik terapiya keng qo'llanishi kerak.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling