Tibbiyot psixologiyasi
Kurs ishining dolzarbligi
Download 140.93 Kb.
|
kurs ishi tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning maqsadi
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining dolzarbligi Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari aholisi o`rtasida tarqalayotgan surunkali va infeksion kasalliklarning kelib chiqish sabablari va ularning inson salomatligiga salbiy ta`sirlari. Ularning yuqish yollari va epidemiologiyasi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga tasiri.O`rganilganlik darajasi Ibn Sino (980-1037) o`lat, chinchechak, qizamik kabi yuqumli kasalliklarning organilishi.XIX asrning 2-yarmidan Fransuz Lui Paster (1822-1895) yuqumli kasalliklarda mikroorganizmlarning roli hamda I.I. Mechnikov (1845-1916) tomonidan infeksiya va immunitet xaqidagi ta’limotlar.
Kurs ishning maqsadi Surunkali va infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasini nazariy o’rganish. Kurs ishining vazifalari Infeksion kasalliklarning inson psixikasiga ta’sirini tahlil qilish. Infeksion kasalliklar va ulardan saqlanishning yо‘llarini taxlil qilish. Koronavirus infeksiyasi va u haqida ma'lumotlarni taxlil etish . Kurs ishining tuzilishi : kirish 2 bob , 4 paragrof xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat . I BOB Surunkali va infeksion kasalliklar tushunchasi Infeksiya va uning mazmun mohiyati Infeksiya – so’zi tor ma’noda olinganida mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz bergan patofiziologik o’zgarishlardir. Infeksion kasallik bu infeksion jarayonning klinik belgilar bilan namoyon bo’lishidir. Yuqumli kasalliklar qadim zamonlardan insoniyatga ma’lum. Ibn Sino (980-1037) o`lat, chinchechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklar ko’zga ko’rinmaydigan jonivorlar tomonidan chaqirilishini aytgan, epidemiologik jarayon xaqida tushuncha bergan. Yevropada italiyalik Frakastro (1478-1553) xam buni takrorlagan va yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari xaqida tushuncha bergan. Angliyalik E. Jenner (1749-1823) birinchi bulib chinchechakka qarshi profilaktik usulni o’ylab topgan. Fransuz Lui Paster (1822-1895) yuqumli kasalliklarda mikroorganizmlarning rolini isbotlab bergan, vaksinani olish usulini amalda joriy etgan, quturish va kuydirgiga qarshi vaksina topgan. R. Kox (1843-1910) tomonidan mikroskopni kashf etilishi mikroorganizmlarni o’rganishda katta axamiyatga ega bo’lgan. I.I. Mechnikov (1845-1916) infeksiya va immunitet xakida ta’limotni asoslab berdi. Vabo, qaytalama terlama, zaxm, sil kasalliklarini epidemiologiyasini boyitdi. S.P.Botkin (1832-1889) kataral sarik kasalligi yuqumli kasalligini ta’kidladi. O’zbekistonda Toshkent Universitetining tibbiyot fakultetida ishlagan A.I.Kryukov, P.F. Borovskiy, N.I. Ragoza, I.A. Kassirskiy, L.M. Isayev, N.I. Xodukin, P.F. Samsonov, A.L. Katsenovich lar yuqumli kasalliklar fannini rivojlanishiga katta xissa qo’shdilar. O’zbekistonda yuqumli kasalliklari o`rganishda katta olimlar: X.A. Yunusova, O.S. Maxmudov, I.K. Musabayev, SH.X. Xodjayev, T.O. Daminov va yana ko`plab olimlar o`z xissalarni qoshgan. Xozirda 1060 dan ortik yuqumli kasalliklarni turlari bor, ularning inson xayotida va iqtisodiyotga katta ta’siri bor. Yuqumli kasalliklar boshka kasalliklardan quyidagi bilan farq qiladi: Yuqumli kasalliklarni patogen mikrob qo’zg’atadi. Bemor kasallik manbai bo’ladi va kasallikni boshqalarga yuqtiradi Bemor organizmida bo’lgan kasallikka qarshi immunitet xosil bo’ladi. Yuqumli kasalliklar siklik o'tadi. Yuqumli kasalliklar avj olishida quyidagi omillar zarur: Patogen mikrob mikdori yetarliligi. Patogen mikrob virulentligi yetarliligi. Odam organizmining reaktivligini pastligi. Turli yo’llar bilan mikroorganizmning kirishi quyidagi natija bilan tugaydi: -ximoya vositalari natijasida mikrob organizmdan chiqariladi yoki o’ldiriladi. -Patogen mikrob organizmda qulay sharoit topib o`rnashadi. -Mikroorganizm ximoya mexanizmlari yordamida (fagotsitar elementlar, antitelolar, yalliglanish jarayoni) natijasida mikroorganizm ko’payishiga to`sqinlik qiladi, mikroorganizm xam o’zini tashqi kuchlardan to`sishga xarakat qiladi ( kapsula xosil qiladi, agressin, antifagin, virulin kabi moddalar ishlab chiqaradi).Mikrobning asosiy xususiyatlari virulentligi va toksigenligidir.Mikroorganizmning mikrobga qarshi kurash vositalari 2 ga bo’linadi: spetsifik va nospetsifik. Mikrob patogenligi yuqori va organizm reaktivligi sust bo’lganda quyidagi xolat vujudga keladi. Patogen mikrob organizmda tez sur’atda ko’payadi, uni ximoya kuchlarini yengadi va kasallikni manifest shaklini yuzaga keltiradi. Infeksion jarayonning 3-omili tashqi muxit faktorning mikroorganizmga ta’sir ko’rsatishi. Bularga tashqi muxit xarorati, namligi, dezinfeksiyalovchi moddalar, mikroblarning o’zaro ta’siri kiradi. Download 140.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling