Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja
Sertifikatlashtirish to‟g‟risida tushuncha
Download 54.54 Kb.
|
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standar-fayllar.org
Sertifikatlashtirish to‟g‟risida tushuncha
Tovarlarni me‘yoriy hujjatlarda belgilangan aniq sifat darajasiga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirish jarayoni o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish – mahsulot, jarayon yoki xizmatning belgilangan talablarga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlash jarayonidir. Tibbiy mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi – dori vositalari va tibbiyot buyumlarining me‘yoriy hujjatlar majburiy talablariga muvofiqligini isbotlashdir. Tibbiy mahsulotni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tadigan mahsulot va xizmatlarning ro‘yxati»ga binoan amalga oshiriladi. Axolini yuqori sifatli va bezarar dori vositalari xamda xavfsiz tibbiy texnika, buyumlar bilan ta‘minlash yagona davlat siyosatini amalga oshirish va iste‘molchilar manfaatini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil 1 yanvardan dori vositalarining majburiy sertifikatsiyasi joriy etildi.O‘zbekiston Respublikasi xududida faqat muvofiqlik sertifikati bo‘lgan dori vositalarining savdosi ruxsat etiladi. Xozirgi paytda respublikada sertifikatsiya idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyat yuritayotgan sertifikatlashtirish tizimi shakllangan. Farmatsevtik mahsulotni sertifikatlashtirish ―O‘zstandart‖ Agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Sertifi katlashtirish idoralari: O‘zR SSV dori vositlari ekspertiza va standartizatsiya Davlat markazi qoshidagi tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirishning Markaziy idorasi; DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Andijon filiali; DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Urgench filiali; DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Samarqand filiali DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Qarshi filiali; Toshfarmi qoshidagi dori vositalari standartizatsiyasi Ilmiy markazi (DVSIM); MCHJ ―SofDori‖ tibbiy mahsulot sertifikatsiya markazi. Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasining asosiy vazifalari: 59
•
akkreditatsiya sohasi buyicha sertifikatlashtirish ishlarini tashkil kilish, amalga oshirish(muvofiqlik sertifikati berish) va boshqarish; • odamlarning hayoti va atrof muxit uchun havfli bo‘lgan tibbiy mahsulotlarni savdo qilinishini oldini olish; • mahsulotlarni xalkaro bozorlarda rakobat kila olishini ta‘minlashga yordam berish; • tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini takomillashtirib borish. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling