Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja
Dori vositalari va tibbiy texnika
Download 54.54 Kb.
|
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- YaTTK Narkotik dorilar qo‘mitasi Metrologiya bo‘limi Dorivositalarekspertizasi
- Andijon filiali Xorazm filiali Samarqand filiali
Dori vositalari va tibbiy texnika
sifatini nazorat qilish Bosh firmasi Farminspeksiya Qayd etish Byurosi Farmakologiy a qo‘mitasi Farmakopeya qo’mitasi YaTTK Narkotik dorilar qo‘mitasi Metrologiya bo‘limi Dorivositalarekspertizasi va standartlash Davlat markazi Dori vositalar sifatini tekshirish va standartlash laboratoriyasi Vaksina va zardob preparatlar hamda mikrobiologik tekshiruvlar laboratoriyasi Farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi Tibbiy buyum va texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi Andijon filiali Xorazm filiali Samarqand filiali Qarshi filiali Malaka oshirish kurslari 57
boshqarmaning Dori vositalarini Ekspertizalash va Standartlash Davlat Markazidir (DVSEDM). DVESDM ning asosiy vazifasi dori, tashhis vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar hamda davolash oziq-ovqat mahsulotlari sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan iboratdir. DVSDEM tasarrufida 4ta laboratoriya mavjud bo‘lib, ular dori vositalari, mahalliy va xorijiy tibbiyot texnikasi, tibbiyot buyumlari sifatini tekshirish xamda sinovlardan o‘tkazish bilan bilan mashg‘ul. Bosh boshqarma tizimida bemorlar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlik hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarning talablariga tibbiy mahsulotlar (shu jumladan sertifikatlash)ga mutanosiblik sinovlari paytida haqqoniy va ob‘ektiv axborot olish uchun tuzilgan tibbiy texnika, asbob-uskuna hamda tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Laboratoriya sinov asbob-uskunalari va o‘lchov vositalari bilan ta‘minlangan, o‘lchovlar hamda sinovlar o‘tkazish uchun me‘yoriy va boshqa standartlar (ГОСТ, OСT, ISO) kabi hujjatlar majmuasiga egadir. Laboratoriya Dori vositalari ekspertizasi va standartlash Davlat markazi (DVESDM) tarkibiga kirib hamda u orqali boshqa idoralar, tashkilotlar va korxonalar bilan shartnoma asosida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi. Tibbiyot buyumlari sohasida davlat siyosatini shakllantirish, muammolarini hal etishda etakchi o‘rinlardan birini YAngi tibbiy texnika Qo‘mitasi egallaydi. Qo‘mita Bosh boshqarmaning tuzilmaviy bo‘g‘ini bo‘lib, tibbiy texnika va tibbiy buyumlar xamda tashxis vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini ta‘minlashga da‘vat etilgan. Mamlakatimiz hududida mahalliy va xorijiy davlatlar tibbiy texnika va tibbiyot buyumlarini tibbiy maqsadlarda qo‘llashga ruxsat berish ushbu Qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qo‘mita xalqaro qoidalarga va standartlarga, shu jumladan Standartlash bo‘yicha xalqaro kengash (ruscha: ISO) va Xalqaro elektr texnikasi komissiyasi (ruscha: MEK) talablariga amal qilib, tibbiy texnikaning qayd sinovlarini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi, yangi tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, tegishli shahodatnoma beradi hamda uni tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari Davlat Reestri ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy va horijiy tibbiyot texnikasi hamda tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish tartibini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, mamlakatga tibbiy uskunalar hamda tibbiy buyumlarni olib kirishda oddiy tartib o‘rnatish imkoniyatini yaratdi. ―Tibbiyot amaliyotidaqo‘llashaga ruhsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi‖.(Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati‖ to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 3-modda. 1997yil 25 aprel ). DV va tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish tizimiga kiradigan tashkilotlar dori vositasi yoki tibbiy texnika, tibbiy buyumlar sifatini 58
tavsiflovchi zarur standartlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga egadir: farmakopeya maqolalari(FS), vaqtinchalik farmakopeya maqolalari(VFS), tarmoq standartlari, texnik shartlar (TU), Amerika Farmakopeyasi(USA Pharmacopoeia), Britaniya ( The British Pharmacopoeia), Hindiston (The India Pharmacopoeia), Germaniya, Evropa, Yaponiya, Xalqaro standartlar (ИСO-ISO), Xalqaro elektrotexnik ha‘ati (MEK) va boshqalar. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling