Tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari
Download 24.83 Kb.
|
tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o’zaro ishonch.
Bitlarni yo’qotish:
zararlangan sochlar olinadi; yoki o’simlik moyi aralashtirilgan kerosin bilan tozalash; «Rid», «Sprey-paks», «Elko-insekt» shampunlari, «Nittefor», «Sana» los’onlari bilan yuvish; bemorlar gigiyenik vanna va dush qabul qiladi; vanna1% xloramin eritmasi, sovunli shchyotka bilan yuviladi, issiq suvda chayiladi. Gigiyenik vanna og’ir kasalliklarda (gipertonik kriz, o’tkir miokardinfarkti, bosh miya qon aylanishini o’tkir buzilishi, tuberkulyozni aktiv fazasi va h.o.), shoshilinch xirurgik aralashuvni talab etuvchi ba’zi teri kasalliklarida, tug’ayotganlarda o’tkazilmaydi. Bunday holatlarda teri iliq suvga namlangan tampon bilan artiladi. Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o’zaro ishonch. Vrach bilan bemor o’rtasidagi o’zaro tushunishni asosiy tamoyili – qo’llab-quvvatlashni his etish. Agar bemor vrach yordam berayotganini sezib tushunsa, davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Vrach bemorni tushunsa, shikoyatlariga befarq bo’lmasa bemor o’ylanadi. Bu his vrach quyidagilarni gapirganda mustahkamlanadi: “Men Sizni eshitaman va tushunaman” yoki buni ko’z qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni shaxs sifatida qabul qilishga olib keladi. Asosan bu anamnez yig’ishda, bemor hayoti bilan vrach qiziqqanda yuzaga keladi. Hamdardlik – bemor bilan muloqot kalitidir. Vrach bemorni o’rniga o’zini qo’yib ko’rishi va atrof-muhitga uni ko’zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki dunyosini tushunish va hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, mahalliy va umumiy sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi, sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi. Bemor bilan suhbatni qat’iy qoidalari yo’q, ammo butun dunyo vrachlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta’limot) – tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki hissiyotlarini tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini ko’rsatuvchi asosiy omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, vrachga bir qancha majburiyatlar yuklaydi, masalan: vrachlik sirini saqlash; bemorga yoki uning qarindoshlariga ma’nan zarar yetkazadigan harakatlardan saqlanish; kasbga sodiqlik. Vrach amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki “yomonlik qilma”. Tibbiyot etikasining asosiy tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere (“eng avvalo – yomonlik qilma”). Har bir vrach ye. Lambert fikrni tan oladi, ya’ni “yordam berib bo’lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib bo’ladigan bemorlar yo’q”. Ma’lumki, ba’zan davolash kasallikdan og’irroq bo’ladi. Bu yerda gap dorilarni nojo’ya ta’siri, bir necha xil dorini birdan qabul qilganda negativ holatlarni yuzaga chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va og’irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to’g’risidadir. Yaxshi vrach – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor bilan to’g’ri suhbatlashishni bilish hamdir. “Vrach” so’zi “vrat’” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimda “gapirish” ma’nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, malakali vrachlar bemor bilan muloqotga, anamnez yig’ishga, fizikal ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor berishadi, instrumental va labarator ko’rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo’yishadi. Isbotlanishicha, to’g’ri tashhis anamnez so’roviga ko’ra 45-50% holatlarda, so’rov va fizikal tekshiruvlarga ko’ra 80-85% holatlarda qo’yiladi. Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo’yishda chuqur labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo’ladi. Bemor bilan suhbatlashishi san’ati, dialog qilish nafaqat vrachning hoxishi, balki talantiga ham bog’liq. Vrach bemorni eshitishi va tinglay olishi lozim. Operatsiya deb davo yoki diagnostik maqsadda to’qimalar va a’zolarga qilinadigan mexanik ta’sirga aytiladi. Ko’p yillar davomida “operatsiya” deganda azobli og’riqlar yoki o’lim xavfi tushunib kelingan. Antiseptikagacha bo’lgan xirurgiyaga anatomik yo’nalish xos bo’lib, bunda anesteziya, qon quyish, jaroxat infektsiyasining oldini olish sirlari noma’lum bo’lib kelgan. Hozirgi davrda esa operatsion havf xatarlar bartaraf qilingan bo’lib, xirurgiya fiziologik yo’nalish olgan. Bunga esa bemorlarni operatsiyadan oldingi davrda xar tomonlama tekshirish, operatsiya va operatsiyadan keyingi davrlarda bemorlarni intensiv kuzatishlar orqali erishiladi. Zamonaviy xirurgiyada operatsiyaning muoffaqiyatli o’tishi og’riq sezgisining etarli darajada kamaytirish orqali ta’minlanadi. Hozirgi davrga kelib xirurg a’zo va to’qimalar xolatiga aniq baxo berishiga, topilgan patologik o’zgarishlarni o’z vaqtida va bekamu ko’st bartaraf qilishiga va shular tufayli operatsiyalarning samarali bo’lishiga barcha shart sharoitlar etarli. Download 24.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling