Tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari


Download 24.83 Kb.
bet6/6
Sana20.01.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1104117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari

Operatsiyadan oldingi davr
Operatsiyadan oldingi davr bemorlarning statsionarga yotqizilishi yoki poliklinikaga murojat qilgan davridan boshlab operatsiya boshlangunigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Operatsiyadan oldingi davrni ikkita bosqichga bo’lish mumkin:
1) tashxisni aniqlash.
2) operatsiyaga tayyorlash.
Birinchi bosqichda kasallikning tashxisi aniqlanadi, barcha a’zo va tizimlarning holati tekshiriladi va operatsiyaga ko’rsatmalar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda esa bemorlar operatsiyaga tayyorlaniladi.
Operatsiyaga tayyorgarlik davrida operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini oluvchi va a’zolarning funktsional holatini yaxshilovchi chora tadbirlar o’tkaziladi. Kengaytirilgan, radikal operatsiyalar palliativ operatsiyalarga nisbatan ko’proq tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.
Rejali operatsiyalarga tayyorlashda quyidagi davrlar tafovut qilinadi:
1. Olis operatsiya oldi davri (otdalenno’y predoperatsionno’y period).
2. Yaqin operatsiya oldi davri (blijayshiy predoperatsionno’yperiod.
3. Bevosita operatsiya oldi davri (neposredstvenno’ypredoperatsionno’y period).
Masalan bo’qoq kasalligida yoki yurak nuqsonlarida olis operatsiya oldi davrida sanator davo tavsiya qilinadi, tanglay murtaklari va karies tishlar sanatsiya qilinadi.
Yaqin operatsiyadan oldingi davrda (7-15 kun davomida) somatik tizimlar holatiga e’tibor beriladi, bevosita operatsiyadan oldingi davrda esa sanitar gigienik ishlov o’tkazilib, siydik pufagi va to’g’ri ichak bo’shatiladi.
Bevosita operatsiyadan oldingi va maxsus (spetsifik) tadbirlar tafovut qilinadi. Bevosita operatsiyadan oldingi tadbirlar bir turdaligi va albatta qilinishi zarurligi bilan farqlanadi va u gigienik vanna qabul qilish, sochlarni qirish, tozalovchi ho’kna qilish va siydik qopini bo’shatishni o’z ichiga oladi.
Maxsus (spetsifik) tadbirlar esa ma’lum bir operatsiyalar oldidan qilinishi bilan farq qiladi, masalan piloroduodenal stenoz bo’lganida oshqozonni bo’shatish, yo’g’on ichak operatsiyalari oldidan sifon xo’knasi qilish va o’pkaning yiringli kasalliklarida bronxlarni sanatsiya qilish shular jumlasiga kiradi.

Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling