Tif va uni tartibga solishda bojxona organlarining ahamiyati
Download 22.33 Kb.
|
8 TIF VA UNI TARTIBGA SOLISHDA BOJXONA ORGANLARINING AHAMIYATI (2)
TIF VA UNI TARTIBGA SOLISHDA BOJXONA ORGANLARINING AHAMIYATI Reja: Bojxona organlarining asosiy vazifalari Yuridik shaxslar tomonidan avtotransport vositalarni olib kirish tartibi Tovarlarni tif tn kodlari boʻyicha tasniflash bilan sertifikatlangan ekspertlar shugʻullanadi Tovarlarni TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflash bilan sertifikatlangan ekspertlar shug‘ullanadi Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish; bojxona to‘lovlarini undirish; bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlash; bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish; tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash. Bojxona organlarining huquqlari Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir: tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o‘zini ko‘zdan kechirish; yuridik va jismoniy shaxslardan ko‘zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish; valyuta nazoratini amalga oshirish; moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish; bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish; bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish; bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish; bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo‘yish; eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni (xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida) musodara etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; surishtiruv o‘tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo‘llash. Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar. Bojxona organlarining majburiyatlari Bojxona organlari: yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishga; davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashishga; bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga; yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga; faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga; o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar. Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan avtotransport vositalarni respublikaga vaqtinchalik chetdan olib kirish mumkin emas, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari (keyingi oʻrinlarda yuridik shaxslar deb yuritiladi) tomonidan foydalanish uchun chetdan avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan taqdirda, ushbu avtotransport vositalari belgilangan tartibda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi lozim. Yuridik shaxslar tomonidan olib kelingan avtotransport vositalarning bojxona rasmiylashtiruvi faoliyat hududida joylashgan TIF bojxona postida amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida davlat bojxona xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 197-sonli qaroriga asosan hujjatlar taqdim etiladi. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, TIF bojxona posti tomonidan Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda elektron maʼlumotlar deb yuritiladi) DBQning elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi. Ushbu maʼlumotlarga quyidagilar kiradi: Bojxona organi nomi. 2. BYUD raqami va sanasi. 3. Avtotransport vositasi rasmiylashtirilgan bojxona rejimining nomi. 4. Avtotransport toʻgʻrisida maʼlumot: turi, rusumi; ishlab chiqarilgan yili; kuzov raqami; dvigatel raqami; shassi raqami. Avtotransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar; yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa). 6. Avtotransport vositasi vaqtincha olib kirilganda vaqtincha olib kirishning yakuniy muddati. DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olinmaydigan avtotransport vositalariga elektron maʼlumotlar yuborilmaydi. Avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga “erkin muomalaga chiqarish” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan shaxslar BYUD rasmiylashtirilgan kundan soʻng 10 kun muddat ichida avtotransport vositasini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazishlari shart. Roʻyxatdan oʻtkazishda, avtotransport vositasining turi, rusumi, markasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan shakllantirilgan elektron maʼlumotlarda qanday bayon etilgan boʻlsa, aynan shu nom bilan qayd etilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasidan tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositasiga elektron maʼlumotlar yuborilmaydi hamda DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan chiqarish uchun asos BYUD hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan yangi import avtomobillari bilan chakana savdo faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikda ekspert tashkilotlari tovarlarni TIF TN kodlari boʻyicha tasniflash хizmatlarini koʻrsatishi tartibini belgilovchi normalar va uni tartibga solish meхanizmi mavjud emas. Tegishli nizomlarning tasdiqlanishi zarur huquqiy asos yaratadi. Ekspert tashkiloti deganda, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, shtatida tovarlarni TIF TN kodlari boʻyicha tasniflovchi va ekspert хulosasi beruvchi sertifikatlangan ekspert boʻlgan yuridik shaхs tushuniladi. Ekspertlarni malaka imtihonidan oʻtkazish va undan muvaffaqiyatli oʻtganlarida sertifikat berish tartibini belgilash taklif etilmoqda. Ushbu chora TIF TN tovar kichik yordamchi pozitsiyalariga nisbatan joriy etiladigan tarif va notarif tartibga solish normalari bir хil tasniflanishi va toʻgʻri qoʻllanilishini ta’minlashga imkon beradi. Ariza beruvchi ekspert хulosasini olish uchun ekspert tashkilotiga quyidagilarni taqdim etishi kerakligini belgilash rejalashtirilmoqda: belgilangan shakldagi ariza; import qilinayotgan tovarlarning tovarga ilova qilinadigan hujjatlari (temir yoʻl, avia yoki yukka tegishli yukхatlar, invoys, kontrakt yoki shartnoma); kelib tushgan (import qilinayotgan) tovarning oʻrab-joylangan va muhrlangan namunasi (nusхasi) (yirik hajmli tovarlar saqlash joyida oʻrganiladi); tovarlarni tasniflashda asosiy tasniflash mezonlari yetarli boʻlmagan va mazkur hujjatlar mavjud boʻlishi talab etiladigan hollarda teхnologik jarayon tavsifi, akkreditatsiyalangan va (yoki) attestatsiyalangan laboratoriyalarning sinov natijalari, teхnik tartibga solish sohasidagi milliy va (yoki) хalqaro normativ hujjatlar; ariza beruvchining хati bilan taqdim etilgan, TIF TN kodlari boʻyicha tasniflash uchun zarur boʻlgan prospekt, katalog, teхnik pasport, qoʻllanma yoki tovar haqida aхborot. Ekspert tashkilotlarining vakillariga zarur hollarda bojхona nazorati ostida va tovarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхs hozirligida, zarur boʻlganda – mutaхassis ishtirokida tovarlardan namuna va nusхalar olish huquqini berish taklif etilmoqda. Loyiha oʻzgartirishlarsiz tasdiqlansa, arizalarni koʻrib chiqish, rasmiylashtirish va ariza beruvchiga ekspert хulosasi berish ariza beruvchi bilan kelishilgan muddatlarda, biroq ekspert tashkilotiga ariza kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Oʻrganilishi lozim boʻlgan tovarlar hajmi koʻp boʻlganda ushbu muddatni uzaytirish mumkin boʻladi. Tovarlarni TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflash bilan sertifikatlangan ekspertlar shug‘ullanadi Tashqi savdo vazirligi ekspert tashkilotlari tovarlarni TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflash xizmatlarini ko‘rsatishi reglamentini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Norma’ning yozishicha, amaldagi qonunchilikda ekspert tashkilotlari tovarlarni TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflash xizmatlarini ko‘rsatishi tartibini belgilovchi normalar va uni tartibga solish mexanizmi mavjud emas. Tegishli nizomlarning tasdiqlanishi zarur huquqiy asos yaratadi. Ekspert tashkiloti deganda, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, shtatida tovarlarni TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflovchi va ekspert xulosasi beruvchi sertifikatlangan ekspert bo‘lgan yuridik shaxs tushuniladi. Ekspertlarni malaka imtihonidan o‘tkazish va undan muvaffaqiyatli o‘tganlarida sertifikat berish tartibini belgilash taklif etilmoqda. Ushbu chora TIF TN tovar kichik yordamchi pozitsiyalariga nisbatan joriy etiladigan tarif va notarif tartibga solish normalari bir xil tasniflanishi va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta'minlashga imkon beradi. Ariza beruvchi ekspert xulosasini olish uchun ekspert tashkilotiga quyidagilarni taqdim etishi kerakligini belgilash rejalashtirilmoqda: • belgilangan shakldagi ariza; • import qilinayotgan tovarlarning tovarga ilova qilinadigan hujjatlari (temir yo‘l, avia yoki yukka tegishli yukxatlar, invoys, kontrakt yoki shartnoma); • kelib tushgan (import qilinayotgan) tovarning o‘rab-joylangan va muhrlangan namunasi (nusxasi) (yirik hajmli tovarlar saqlash joyida o‘rganiladi); • tovarlarni tasniflashda asosiy tasniflash mezonlari yetarli bo‘lmagan va mazkur hujjatlar mavjud bo‘lishi talab etiladigan hollarda texnologik jarayon tavsifi, akkreditatsiyalangan va (yoki) attestatsiyalangan laboratoriyalarning sinov natijalari, texnik tartibga solish sohasidagi milliy va (yoki) xalqaro normativ hujjatlar; • ariza beruvchining xati bilan taqdim etilgan, TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflash uchun zarur bo‘lgan prospekt, katalog, texnik pasport, qo‘llanma yoki tovar haqida axborot. Ekspert tashkilotlarining vakillariga zarur hollarda bojxona nazorati ostida va tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxs hozirligida, zarur bo‘lganda – mutaxassis ishtirokida tovarlardan namuna va nusxalar olish huquqini berish taklif etilmoqda. Loyiha o‘zgartirishlarsiz tasdiqlansa, arizalarni ko‘rib chiqish, rasmiylashtirish va ariza beruvchiga ekspert xulosasi berish ariza beruvchi bilan kelishilgan muddatlarda, biroq ekspert tashkilotiga ariza kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. O‘rganilishi lozim bo‘lgan tovarlar hajmi ko‘p bo‘lganda ushbu muddatni uzaytirish mumkin bo‘ladi. 1. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 9-bandi 5-xatboshisidan “shuningdek, tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling