Tijorat banklari to'g'risida tushunchaga ega bo'lish va bank to'g'risidagi qonunlar bilan tanishish


TIJORAT BANKLARI KREDIT BO'LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH


Download 103.4 Kb.
bet7/8
Sana22.06.2023
Hajmi103.4 Kb.
#1648061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tijorat banklari to\'g\'risida tushunchaga ega bo\'lish va bank to\'g\'risidagi qonunlar bilan tanishish

TIJORAT BANKLARI KREDIT BO'LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHISH
Tijorat bankining kredit faoliyati tahlil qilinganda dastaval uning kredit siyosati o‘rganilmog‘i maqsadga muvofiqdir. Harakatdagi qoidalarga muvofiq har bir tijorat banki har yili 1-fevralga qadar bankning kuzatuv kengashida ko‘rib chiqib tasdiqlanadigan kredit siyosatini Markaziy bankka taqdim etmog‘i lozim. Bankning kredit siyosatini shakllantirishda asosiy maqsad, uning daromadlarini oshirish bilan birga bank kreditlari va omonatchilari manfaatlarini himoya lash, bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar ulushini ko‘paytirish hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun kredit operatsiyalari bo‘yicha risklarni samarali boshqarishdan iborat. Shuning uchun ham har bir tijorat bankining kredit siyosati kredit faoliyatining samaradorligi darajasi hamda uning umumiy faoliyati baholarini o‘zida to‘liq aks ettirmog‘i lozim. Kredit siyosati tahlili natijalarida Bank boshqaruvi tomonidan kredit faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kredit portfelini samarali boshqarish hamda riskdan xoli bo‘lgan kreditlash metodlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilmog‘i lozim. Kredit siyosatini shakllantirishda, albatta, o‘tgan yillarda kredit faoliyati tahlili natijalaridan to‘liq foydalanilishi zarur, chunki o‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar takrorlanmasligi talab etiladi. Tijorat banklarining kredit faoliyati tahlil qilinganda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilishi talab etiladi: □ Kredit mablag‘larining tahlil davridagi harakati. □ Kredit portfelining diversifikatsiyasi, ya’ni uning iqtisodiyot tarmoqlariga taqsimlanishi holati. □ Kreditning qaytaruvchanligini baholash. □ Kreditning maqsadli ishlatilishi va ta’minotini baholash. □ Muammoli kreditlarning mavjudligi va ular bilan ishlash darajasi. □ Kreditlarning samaradorligi. Kredit mablag‘lari harakati tahlili bank kreditlari to‘g‘- risidagi moliyaviy hisobot hamda kredit portfeli ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu tahlil natijasida umumiy kreditlar qoldig‘i yangidan berilgan kreditlar ulushi, kre dit hisob raqamlari bo‘yicha debet va kredit aylanmalari, hisobot davrida qaytarilgan kreditlar foizi, hisobot davrida kredit qo‘yilmalarining o‘sishi, kreditlar bo‘yicha yo‘- qotilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni qoplash zaxirasining yetarliligi, muddati uzaytirilgan kreditlar ulushi kabi masalalar o‘rganiladi. 4.1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, bankning kredit qo‘yilma lari yil davomida 3923 mln so‘mga, ya’ni 20,1 foizga o‘sgan. Buning asosiy sababi hisobot davrida yangidan berilgan kreditlar miqdori yil davomida qaytarilgan kreditlar hajmidan ko‘p bo‘lgan, lekin undirilmagan kreditlar va zaxiralar miqdorining ta’siri hisobga olinganda yil oxiridagi kreditlar qoldig‘i 21641 mln so‘mni tashkil etgan. Jadval ma’lumotlariga asosan yangi berilgan kreditlarning kreditlar qoldig‘iga nisbati (21603/23453=92) 92 foizni tashkil etganligini bilish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan davrlarda berilgan kreditlarning qaytuvchanlik darajasi yuqori ekanligini bildiradi. Ushbu jadval ma’lumotlaridan tahlil davrida qaytgan kreditlarning yangidan berilgan kreditlarga nisbatini ham aniqlashimiz mumkin (17680/21603=81,8). Ushbu ko‘rsatkich tahlil davrida 81,8 foizni tashkil etgan. Bu holat yil davomida qaytgan kreditlar nisbatan yana 20 foiz ko‘proq mablag‘lar kreditlar uchun yo‘naltirilganligini bildiradi. Qaytarilgan kreditlarning butun yillik kredit aylanmalariga nisbatan atigi 4,3 foizni tashkil etgan (17680/19530+21603). Ushbu ko‘rsatkich yil davomida qaytarilgan kreditlarning umumiy kredit aylanmalariga nisbatan juda past darajada ekanligini bildiradi. Bu esa, o‘z navbatida, bank kreditlar monitoringi jarayonini kuchaytirishi lozimligini bildiradi. Bundan tashqari kredit hisob raqamlarining debet va kre dit aylanmalarini taqqoslashimiz ham mumkin. (21603/17630) Bu ko‘rsatkich ssuda hisob raqamlari debet aylan masi, uning kredit aylanmasidan 22 foizga ortiqroq ekan ligini bildiradi.

Muammoli kreditlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etilgan zaxiralar umumiy kredit qoldig‘ining 8,3 foizini tashkil etgan. Hisobot yili davomida yangitdan berilgan kreditlar miqdorining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hisobga olinganda tashkil etilgan zaxira miqdori yetarli emas. Shunday qilib, kredit mablag‘lar harakati tahlil natijasida zaxiralari yetarli emasligi, kreditlarning qaytarilishi darajasining pastligini bildiradi. Ushbularga asoslangan holda quyidagi tavsiyalar berilishi mumkin: □ Kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha nazoratni ko‘chaytirish. □ Kreditlarni qayta tasniflash natijasida real zaxiralar miq dorini aniqlash. □ Ssudalar hisob raqamlari bo‘yicha debet va kredit aylanmalarini muvofiqlashtirish. □ Muddatida qaytarilmagan asosiy qarzlar va foiz to‘- lovlari monitoringi jarayonlarini kuchaytirish. Kredit portfeli tahlilida asosiy e’tibor kreditlar diversifikatsiyasiga qaratilmog‘i lozim. Buning uchun albatta, kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha tarkibiga e’tibor qaratilishi lozim. Hech qa chon kreditlarning ko‘p qismini iqtisodiyotning bir tarmog‘iga yo‘naltirish mumkin emas. Bu holda kredit portfelining tarmoq riski vujudga keladi. Kreditlarning qaytarilishi, bankning likvidliligi va to‘lov qobiliyati ushbu tarmoqning faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham kreditlarni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari kredit portfeli diversifikatsiyasida kreditlarning bir yoki aloqador bo‘lgan bir necha mijozlarga berilishiga yo‘l qo‘yilmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu to‘g‘risida, albatta, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan normativlarga doimiy ravishda rioya etilishi maqsadga muvofiqdir.



Download 103.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling