Tijorat banklari to'g'risida tushunchaga ega bo'lish va bank to'g'risidagi qonunlar bilan tanishish
TIJORAT BANKLARI TOMINIDAN MIJOZLARGA KREDIT BERISH VA UNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI BILAN TANISHISH
Download 103.4 Kb.
|
tijorat banklari to\'g\'risida tushunchaga ega bo\'lish va bank to\'g\'risidagi qonunlar bilan tanishish
TIJORAT BANKLARI TOMINIDAN MIJOZLARGA KREDIT BERISH VA UNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI BILAN TANISHISH
Ma’lumki, kreditning ta’minlanganligi uning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Yaxshi ta’minot, albatta, har qanday kreditning o‘rnini qoplash uchun asos hisoblanadi. Kredit ta’minoti tahlil qilinganda, albatta, ta’minot turlari va ularning sifati hamda bahosiga e’tibor qaratiladi. Ta’minotlar tahlilining asosiy maqsadi ham berilgan kreditlarning ta’minot turlari bilan sifatli ravishda ta’min langanligini aniqlash va shu bilan birga barcha kreditlar bo‘- yicha yuzaga keladigan risklar va yo‘qotishlarning oldini olishdan iborat. Kreditlarning ta’minlanganlik darajasi tahlil qilinganda dastavval ta’minotlar tarkibiga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi. Kredit ta’minotlarining asosiy qismining qariyb 44 foizini mol-mulk garovi tashkil etar ekan. Mol-mulkni garovga olishda quyidagilarga e’tibor berilmog‘i lozim. Birinchidan, kredit o‘z vaqtida qaytmasdan uning summasi mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga javobgar qo‘yilgan mol-mulkni bank tasarrufiga o‘tkaza olishning huquqiy asoslari. Bunda asosiy e’tibor mol-mulk garovi shart nomasining harakatdagi qonunlarga (Fuqarolik kodeksi, garov to‘g‘risidagi va b.) mos kelishidan iborat. Ikkinchidan, garov olingan mol-mulkning likvidlilik darajasi. Ya’ni ushbu mulkni pul aylantirish imkoniyatlari, ushbu mulkka bozorda talab darajasini chuqur o‘rganish talab etiladi. Bozorda ushbu mulkka talab darajasining pastligi uning bahosiga teskari ta’sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Uchinchidan, garovga olinayotgan mol-mulkning haqiqiy bozor bahosi. Bu o‘rinda mol-mulkning hozirgi bozor bahosi bilan birga, uning kelgusi davrdagi bahosiga ham e’tibor qaratilmog‘i lozim. Mol-mulkning kelgusi davrda gi bahosini aniqlashda albatta inflatsiya darajasi, mol-mulkning eskirish miqdori va unga ta’sir qiluvchi boshqa barcha omillar hisobga olinmog‘i lozim. Uchinchi shaxsning kafilligi olingan taqdirda bank, albatta, quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: Birinchidan, kafillikning moliyaviy holati. Bunda kredit o‘z vaqtida undirilmagan holatlarda ushbu kreditni qoplash uchun kafillikda yetarli miqdorda bo‘sh pul oqimi bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga asosiy e’tibor qaratilmog‘i; Ikkinchidan, kafil boshqa banklardagi kreditlar uchun ham kafil bo‘lmaganmi? Uning kafilligi doirasi, majburiyatlarini to‘lash layoqati va kredit tarixi o‘rganilmog‘i; Uchinchidan, qarama-qarshi kafilliklar, ya’ni bir shaxs kredit olganda ikkinchi bir shaxs kafilligi va ikkinchi shaxs kredit olganda birinchi shaxsning kafilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Kreditlar sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urtalangan taqdirda, sug‘urta shartnomasi tahlil qilinmog‘i va sug‘ur talanuvchi sug‘urta badallarining o‘z vaqtida to‘lanishi na zo - rat qilinishi maqsadga muvofiqdir. Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari asosan kreditlarning ta’minlanganligi darajasini o‘zida ifodalaydi. Bundan tashqari asosiy e’tibor ta’minotning yetarliligi sifatiga qaratilmog‘i lozim. Bu masalalar kredit portfeli va kredit yig‘majildlari tahlili hamda garovga olingan mol-mulk sifati va saqlanishi holatini joylarda ko‘rib chiqish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, kredit ta’minotlari tahlili avalambor, bankning kredit siyosati, garov siyosati sifatiga baho beradi. Bundan tashqari to‘liq ta’minlangan va sifatsiz mol-mulklar bilan ta’minlangan kreditlar miqdorini aniqlash hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan risklar ko‘lamini baholash imkonini beradi. Kelgusida bank ushbu risklar oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga zamin yaratiladi. Sifatli va ishonchli ta’minot bank uchun kredit faoliyatidan yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni saqlash garovi hisoblanadi. Kreditlarning qaytuvchanligini tahlil qilishdan asosiy maq sad berilgan kreditlarning tez aylanishini ta’minlash va o‘z vaqtida qaytarilmayotgan kreditlarning sabablarini aniqlashdan iborat. Berilgan kreditlarning qaytuvchanligi tahlilidan muddatida qaytmagan, qaytarish muddati o‘zay tirilgan kreditlar, muammoli kreditlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etilgan zaxiralar hamda bank daromadi hisobidan chiqarilgan kreditlar miqdori o‘rganiladi. Muddatida qaytarilmagan kreditlar miqdori ularning y uzaga kelgan muddatlari va kredit qo‘yilmalardagi salmog‘i bo‘yicha tahlil qilinadi. Ular muddatlari bo‘yicha 1 kundan 30 kungacha, 31- 60, 61-180,181 va undan ortiq kunlarga bo‘lib o‘rganiladi. Uzoq muddatdan beri qaytmagan kreditlar qancha ko‘p bo‘lsa, bank kredit portfelining shunchalik darajada muammoli ekanligini bildiradi. Muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha alohida uzluksiz ravishda monitoring o‘rnatilmog‘i lozim. Monitoring jarayonida kredit muddatida qaytmayotganligining asosiy sabablari o‘rganiladi va undirish yoki bank mablag‘lari hisobidan qoplash choralari ko‘riladi. Albatta, harakatdagi qoidalarga muvofiq muddatida undirilmagan kredit bo‘yicha foiz to‘ lovlarini hisoblash va undirish talablari ham farqlanib boradi. Kredit qo‘yilmalari tahlil qilinganda qayta ko‘rib chiqil gan kreditlar mavjudligi va ularning jami kre dit qo‘- yilmalaridagi ulushiga e’tibor qaratiladi. Bu jarayonda asosiy e’tibor qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning sabab larini to‘liq o‘rganishga qaratiladi. Ushbu kreditlar bo‘yicha mijozning keyingi davrlarga bo‘sh pul oqimi vujudga kelishi sabab lari o‘rganiladi. Bir necha marta qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar bo‘yicha monitoring jarayoniga katta e’tibor beriladi. Tahlil qilinayotgan davrda hisobdan chiqarilgan kreditlar miqdori va ular ning sabablarini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir hisobdan chiqarilgan kredit summasida bank daromadlari qisqarib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, bank aksionerlari olishi mumkin bo‘lgan dividentlar miqdoriga va bankning likvidliligi, to‘lovga qobiliyati va oxiroqibatda bank obro‘siga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Kredit lar tahlilida berilgan kreditlarni muntazam ravishda tasnifla nib borilishi jarayonini hamda tasniflangan kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar o‘rnini qoplash maqsadida tash kil etiladigan zaxiralar miqdorining mosligiga katta e’tibor qaratiladi. Harakatdagi qoidalarga muvofiq, kreditlar qaytarilishi mud datining miqdoriga qarab yaxshi, standart, substandart, shubhali va umidsiz kreditlarga bo‘lib o‘rganiladi. «Yaxshi» deb tasniflangan kreditlardan tashqari kre ditlar bo‘yicha belgilangan miqdorda zaxira tashkil etilishi shart. Tashkil etilgan zaxiralar miqdorini qo‘yilgan talablarga mosligi darajasi doimimy ravishda o‘rganilmog‘i lozim. Ushbu jarayonda tashkil etilishi lozim bo‘lgan zaxiralar ning haqiqatda tashkil etilgan zaxira mablag‘lariga mosligi, zaxiraga ajratilgan mablag‘lar hisobiga bank daromadlari ning kamayishi tahlil qilinadi. Tahlil natijasida tegishli choratadbirlar belgilanadi. Shunday qilib, kredit operatsiyalari tahlili natijasida kredit risklarini minimallashtirish, bank kreditlari va omonatlari manfaatlarini himoyalash, bankning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va daromadliligini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va ularga mos ravishda kredit siyosatini yaratishga ko‘maklashadi. Download 103.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling