Tijorat banklarida auditorlik tekshiruvini tashkil
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
W www.sciencebox.uz Volume: 02 Issue: 05 | 2022 ISSN: 2181-2594 Journal of Innovations in Social Sciences 40 hisobotlarning Xalqaro Standartlariga (MHXS) toʻliq moslashtirish borasida ham bir qator tadbirlar amalga oshirishlishi lozim deb hisoblaymiz, jumladan, moliyaviy hisobotlarning halqaro Standartlari talablariga mos keladigan banklarning avtomatlashtirilgan bank tizimlarini modernizatsiyalash zarur. Shuningdek MHXS talablariga mos moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarini yigʻishni amalga oshirish uchun yetarli bilim va malakaga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash kerak. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida xam auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan kengroq tezroq amaliyotda foydalanishni taʼminlash uchun barcha iqtisodiy subyektlar uchun yagona xalqaro standartlarga yanada yaqinlashtirilgan va respublika iqtisodiyoti xususiyatlarini eʼtiborga olgan xolda xalqaro audit standartlarini respublikamizda qoʻllash boʻyicha yagona gurux tashkil etilishi lozim. Bu vazifani amalga oshirishda Respublika banklari assotsiatsiyasi tashabbusni oʻz zimmasiga olsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Bank tizimini ichki nazoratga masʼul boʻlgan xodimlar uchun mahalliy va horijiy ekspertlarni jalb qilgan xolda oʻquv kurslari va seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling