Tijorat banklarida auditorlik tekshiruvini tashkil


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1158923
1   2   3   4
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
W www.sciencebox.uz
Volume: 02 Issue: 05 | 2022
 
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
39 
Shu bilan birga, Jaxon banki tomonidan koʻrsatilayotgan texnik yordam doirasida, bank nazorati 
boʻyicha Bazel qoʻmitasining Bazel – 2 va Bazel – 
3 tavsiyalarini mamlakatimiz bank tizimiga joriy qilish loyihalari boʻyicha xalqaro hamkorlik yanad 
kuchaytirilib, 2012-yilning iyul oyida tegishli loyiha amalga oshirilishi boshlandi. 
Halqaro valyuta fondining yetakchi tahlilchilari ishtirokida Markaziy bank va tijorat banklari 
xodimlari uchun “Banklarning moliyaviy barqarorligini aniqlash uchun stress – test oʻtkazish” 
hamda Germaniyaning Doyche Bundesbanki tomonidan “Bank nazoratini takomillashtirish” 
maslalari boʻyicha nazariy bilimlarni oshirish tadbirlari amalga oshirilib borildi. 
Bu amalga oshirilgan tadbiriy - choralar bank nazoratining yangi talablarini joriy qilish boʻyicha 
ishlab chiqilayotgan va kelajakda ishlab chiqariladigan dasturlarni takomillashtirish, banklar 
rahbarlari va mutaxassislarining bu boradagi bilimlarini kengaytirishga hizmat qiladi. 
Bank tizimidagi islohotlar, shu jumladan auditorlik tekshiruvlarining takomillashtirish Oʻzbekiston 
Respublikasi Perezidentining 2010-yildagi PQ-1438 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015-
yillarda Respublika moliya – bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda 
yuqori halqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustivor yoʻnalishlari boʻyicha kompleksi chora 
– tadbirlar Dasturi” hamda Respublika moliya-bank tizimining rivojlantirishga oid boshqa xujjatlarda 
belgilangan vazifalarni bajarishga qaratiladi. Jumladan: 
 bank nazorat tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining yangi 
tavsiyalarining tatbiq etish bilan bogʻliq tadbirlarni davom ettirish; 
 mamlakat bank tizimini va tijorat banklari faoliyatini yetakchi halqaro reyting tashkilotlari 
tomonidan qoʻllaniladigan meʼyor, andoza va koʻrsatkichlar asosida kengaytirish; 
 tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuvi darajasi hamda aholi va hoʻjalik 
yurituvchi subyektlarning boʻsh pul mablagʻlarini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish; 
 tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni 
texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish; 
 tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida 
tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish; 
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab – quvvatlash, birinchi navbatda
investitsiya maqsadlari, boshlangʻich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar 
ajratish xajmini kengaytirish; 
 halqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlantirishining 
hozirgi real holatidan kelib chiqqan 
xolda moliya–bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilish 
kabi yoʻnalishlari belgilangan. 
Yuqorida belgilangan yoʻnalishlardan kelib chiqib, tijorat banklarida ichki va tashqi audit 
tekshiruvlarini amalga oshirishning takomillashtirishni nazarda tutgan holda, Bank tizimini yanada 
rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilingan 
dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni soʻzsiz amalga oshirish, bank aktivlari va kredit portfelining 
sifatini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilishi zarur. 
Tijorat banklarida ichki va tashqi audit tekshiruvlarini amalga oshirishda, uning iqtisodiy 
samaradorligini va sifatini oshirishda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini Moliyaviy



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling