Tijorat banklarida hujjatlashtirish
O’zbekistonda likvid mablag’lar quyidagi tartibda bo’linadi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
b41645c7d3c74878
- Bu sahifa navigatsiya:
- Likvidlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: Pul mablag’lari + oson amalga oshiriladigan talablar
O’zbekistonda likvid mablag’lar quyidagi tartibda bo’linadi:
A) oson ishlatiladigan talablar; B) pul mablag’lari; V) oson amalga oshiriladigan talablar. Likvid mablag’larni bunday 2ga bo’lishdan maqsad, qoplash va likvidlik koeffitsientlarini hisoblash oson bo’ladi. Qoplash koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi, Qisqa muddatli likvid mablag’lar Qoplash koeffitsienti = ---------------------------------------------------- Qisqa muddatli majburiyatlar Qoplash koeffitsienti shuni ifodalaydiki, ya’ni u kreditlash chegarasini ko’rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga etarliligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich 2 va undan yuqori bo’lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo’lsa, kreditlash foydasiz bo’lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi. Likvidlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: Pul mablag’lari + oson amalga oshiriladigan talablar Lik. koef. = ------------------------------------------------------------------------ Qisqa muddatli majburiyatlar Likvidlik koeffitsienti mijozning aylanma kapitali strukturasini baholash asosida yaqin kelajakda bankdan olgan kreditlarini operativ (tezkorlik) va o’z vaqtida to’lay olish qobiliyati hisoblanadi. Likvidlik koeffitsienti 1,5 va undan yuqori bo’lsa, korxona yuqori kreditga layoqatlilik darajasiga erishgan bo’ladi. Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo’ladigan keyingi ko’rsatkich – bu mustaqillik (muxtorlik) koeffitsientidir. Ushbu koeffitsient 0.6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo’lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsient 30 %dan, ya’ni 0,3 dan kam bo’lmasligi lozim. Bu ko’rvsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo’yicha o’z mablag’lari manbalari ya’ni, balans passivining birinchi bo’linmasi summasi jami passiv summasiga bo’linadi. Nolikvid balanslarga ega bo’lgan korxonalarga esa bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi. Korxona balansi likvidligi quyidagicha hisoblanadi: korxona balansi (1- shakl) passiv qismi birinchi bo’limi summasiga, ikkinchi bo’lim uzoq muddatli majburiyatlari qo’shilib (agar to’lov muddati uch oydan oshiq bo’lsa) balans aktiv qismi birinchi bo’limi summasi ayriladi. Agar chiqqan natija ijobiy bo’lsa, korxona balansi likvidli hisoblanadi. Korxona (mijoz) kredit olishga layoqatliligining tahlilida qo’llaniladigan qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’lib, aylanma mablag’larining aylanuvchanlik koeffitsientini va aylanma mablag’larining kunlardagi aylanuvchanligi ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Aylanma mablag’lari aylanuvchanligi koeffitsienti aylanma mablag’lari harakatining tezligini ta’riflaydi va tahlil qilinayotgan davr uchun mahsulot sotishdan olingan tushum va aylanma mablag’larining o’rtacha qiymati o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tahlil uchun ma’lumotlar yillik hisobotning 1-shakli balans va 2-shakli moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan olinadi. • kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko’rib chiqish va bo’lajak qarz oluvchi bilan suxbatlashish; • qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog’liq xatarlarni baholash; • kredit narxini belgilash; • kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan kredit munosabatlarini mustaqil ravishda o’rnatadilar. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tijorat banklaridan kredit olish uchun kredit buyurtmasini beradilar. Shu kredit buyurtmasiga asosan tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: S Aylanuvchanlik koef. = ----------------- U K
S-(mahsulot sotishdan tushgan tushum ) U K-(oborot mablag’lari o’rtacha qoldiqlari) UK x D A K = ------------- C A K - (oborot mablag’larining kunlardagi aylanuvchanligi). D – davrlar. Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo’yicha sinflarga bo’lish va korxonalar reytingini aniqlash. Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo’riqnoma bo’yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko’rsatkichi bo’lib: qoplash koeffitsienti, likvidlik koeffitsienti va o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsientlari hisoblanadi. L/O/G/O Thank You! Document Outline
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling