Tijorat banklarini qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalari


-rasm. TIF Milliy bankning 01.01.2017 holatiga asosiy ko‘rsatkichlari


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1568985
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
tijorat banklarini qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan

9-rasm. TIF Milliy bankning 01.01.2017 holatiga asosiy ko‘rsatkichlari
16
16
 
www.nbu
 rasmiy sayti malumotlari asosida tayyorlandi. 


41 

Yuqorida Milliybankning 2017 yil 1 yanvar holatidagi asosiy ko‘rsatkichlari 


o‘tgan yil bilan taqqoslash uchun grafik ko‘rinishida keltirildi. E’tibor beradigan 
jihati jami kreditlarda har ikkala yilda ham investitsion kreditlar yuqori ulushni 
tashkil etmoqda. Bu esa bankning investitsiya faoliyatining faol ishtirokchisi 
ekanligini ko‘rsatadi. Jami kreditlarda investitsion kreditlar salmog‘i 90 foiz 
atrofini tashkil etmoqda, mikrokreditlar hajmi esa jami kreditlar tarkibida juda kam 
ulushiga ega. Demak bank kredit siyosatida uzoq muddatli kreditlarga katta e’tibor 
qaratilgan.
10-rasm. TIF Milliy bankning 01.01.2017 holatiga kredit qo’yilmalari 
dinamikasi
17
Kredit qo‘yilmalari dinamikasi shuni ko‘rsatmoqdaki Milliy bank kredit 
qo‘yilmalari yildan yilga oshib borish tendensiyasiga ega va kreditlarning asosiy 
qismini investitsion kreditlar tashkil etmoqda.O‘z navbatida bankning kichik 
biznesga ajratilgan va mikrokreditlari sezilarli darajada o‘sish tendensiyasiga ega 
faqat ularning jami kreditlardagi ulishi kamroq ekanligini ko‘rib turibmiz. 
17
 
www.nbu
 rasmiy sayti malumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 


42 
Jumladan, kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun bank tomonidan 
2015 yilda 1,8 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning
birinchi yarim yilligida 1,3 trillion so‘mdan ortiq kreditlar yo‘naltirildi. 
Buning natijasida 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Kichik 
biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashda xalqaro moliyaviy tashkilotlarining 
mablag‘larini jalb etish ham sinalgan usuldir. Shu bois Tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy banki tomonidan 2016 yil 29 iyunda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
bilan meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish loyihasi doirasida 50 million 
AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni jalb etish bo‘yicha bosh kelishuv imzolandi. 
Bu mablag‘lar meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish maqsadida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, 
Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan loyihalarni 
moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling