“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
5
Tadqiqot jarayonida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Tijorat bankining depozit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli tarkibiy
bo‘linmalari va filiallarining tegishli mutaxassislari e’tiboriga “Depozit siyosati”ni
amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni taqdim qilish va treninglar o‘tkazish
yo‘li bilan yetkaziladi (1-rasm).
Tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
mexanizmini yuqorida bildirilgan mulohazalar hamda ilmiy maqolada taklif etilgan
tizimli xususiyatlarni e’tiborga olish hisobiga takomillashtirish maqsadga muvofiq.
Bank xodimlarining malakasini oshirish borasida samarali tizim tashkil
etilmaganligi, xodim oldida turgan vazifalarni ijro etishda ko‘p vaqt sarflanishi va
mehnat unumdorligining pastligi muammosi aksariyat holatlarda ular tomonidan
bajarilayotgan vazifalarning aniq protsedurasining mavjud emasligi natijasida yuzaga
keladi. Bu esa o’z navbatida marketing, IT tizimi va boshqa yo‘nalishlarni
rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda muayyan ahamiyat kasb etadi;
- bank hodimlari tomonidan beriladigan taklif hamda tashabbuslarni eshitish va
ularni qo‘llab-quvatlashda muammolarning mavjudligi, yangi texnologik
yechimlarni joriy qilishda tizimli yondashuvlar yo‘qligi muammosi bank korporativ
boshqaruv tizimida teskari aloqa mexanizmlarining zaifligidan dalolat beradi. Ilmiy
tadqiqot ishida taklif etilgan mexanizm ushbu muammoni bartaraf etishga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: