Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari
Download 461.18 Kb. Pdf ko'rish
|
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
(2.)
Bunda SIAr (the sum of initial amount) – depozit shartnomasida belgilangan omonat summasining R foizga kamayganligi qayd etilgan shartnomalar bo‘yicha mablag’lar qoldig’i; SIA – jami depozit shartnomalari bo‘yicha hisobvaraqlardagi mablag‘lar qoldig‘i. 3-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin birinchi marta qaytarib olishga qadar o‘tgan kunlarning o‘rtacha soni (ANDEW – the average number of days before early withdrawal to the level of P percent). Indikator quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(3.)
Bunda (NDEWP) (the number of days before early withdrawal to the level of P percent) – i shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab birinchi marta qaytarib olishga qadar o‘tgan kunlar soni NP – shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismi kamaygan depozit shartnomalari soni. 4-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin birinchi marta qaytarib olishga qadar o‘tgan kunlarning o‘rtacha tortilgan miqdori (WANDEW – the weighted average number of days before early withdrawal to the level of P percent). Ushbu indikator quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: (4.) Bunda (NDEWP) (the number of days before early withdrawal to the level of P percent) - i shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab birinchi marta qaytarib olishga qadar o‘tgan kunlar soni; IAi - i shartnoma bo‘yicha omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini qaytarib olingan depozit shartnomasining dastlabki summasi. Yuqorida keltirilgan indikatorlar tijorat banklari amaliy faoliyatida qo‘llanilishi borasidagi ayrim xususiyatlarni qayd etish mumkin: birinchidan, depozit portfeli tarkibida bo‘lgan depozitlarning turlari va muddatlaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatkichlarning differentsilangan shkalasi ishlab chiqilishi mumkin. Ular tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda alohida olingan |
ma'muriyatiga murojaat qiling