Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
Download 461.18 Kb. Pdf ko'rish
|
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
8
omonatchilar guruhlari bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin; ikkinchidan, depozit summasining muddatidan oldin qaytarib olinishining tortilgan ehtimoli (WPEW) va depozit summasining muddatidan oldin birinchi marta qaytarib olgunga qadar o‘tgan kunlarning o‘rtacha tortilgan sonini (WANDEW) ifodolovchi indikatorlar juftligida yuzaga kelgan holat (ko‘satkichlar darajasi) yirik omonatlar bo‘yicha shartnomalarning istiqboliga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Mazkur ko‘rsatkichlar yirik omonatchilar yoki o‘zaro aloqador omonatchilar guruhini tahlil etishda foydalidir; uchinchidan, taklif etilgan indikatorlar masumiy o‘zgarishlar yoki iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi yoxud favqulodda holatlar ta’siri ostida depozitlar hajmining kamayib borish tendentsiyalarini tezkorlik bilan aniqlash imkoniyatini beradi. Salbiy tendentsiyalar aniqlanganda tijorat banki likvidlilik pozitsiyasini saqlab qolish, shuningdek, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlarni shakllantirishda ushbu ko‘satkichlar qo‘llanilishi mumkin. Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini baholash bo‘yicha yuqoridagi jadvalda keltirilgan koeffitsientlar tahlil etilayotgan bank faoliyat olib borayotgan muhit, uning hajmi va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga qarab kamaytirilishi yoki qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishi mumkinligi S.V.Rikov tomonidan alohida qayd etilgan. Ilmiy maqolamiz doirasida tahlil etilgan va boshqa olimlar hamda mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, shuningdek, jahon banklari amaliyotida tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini baholash bo‘yicha qo‘llanilayotgan uslubiyatlar va ko‘rsatkichlar majmuasini o‘rganish asosida depozit siyosatining samaradorligini baholash indikatorlarini chiqishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko‘plab salbiy holatlar bilan bir qatorda jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari hajmining kamayib borishiga olib keldi. Bu jarayon banklarning depozit bazasining kuchsizlanishiga olib kelmoqda.
Download 461.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling