Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari


Download 461.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana02.01.2022
Hajmi461.18 Kb.
#189193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

 

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI 

Tijorat  banklarini  depozit  siyosati  va  ularga  ta’sir  etuvchi  omillar  xorijlik 

iqtisodchi  olimlardan  J.S.Muyanja  tadqiqotlarida  atroflicha  o‘rgaligan  bo‘lib, 

tadqiqot  jarayonida  mamlakat  tijorat  banklari  depozit  siyosatini  muvofiqlashtirishda 

depozitlarni  sug'urtalash  va  moliyaviy  vositachilik:  tizimini  tashkil  etish,  bu  borada 

depozitlarni  sug‘urtalash  korporatsiyasi  faoliyatini  tashkil  etish  jarayonlari  tadqiq 

etilgan[2]. A.Eisdorfer tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqotlarda tijorat banklari 

depozit  siyosatini  amalga  oshirishda  aktivlarni  almashtirish  masalasi  yuqori  xavf 

darajasini  optimallashtirish  imkoniyatini  shakllantiruvchi  omil  sifatida  qayd  etiladi. 

Shuningdek,  depozit  siyosatida  risk  darajasini  tahlil  qilishda  qat'iy  tavakkalchilik 

natijasida kapital xavfi ko‘tarilishi bilan bog’liq omilli jarayonlar tadqiqi o‘z ifodasini 

topgan[3]. 

MDH  iqtisodchi  olimlaridan  L.G.Batrakova  tadqiqotlari  orqali  tijorat  banklari 

passiv  siyosatida  sodda  va  murakkab  foizlardan  foydalanish  hamda  ularning 

ekvivalentligi tahlilini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlar tadqiq etiladi. Depozit 

siyosatini  amalga  oshirishda  foiz  stavkasi  xavfining  mohiyati,  baholanishi, 

boshqarilishi va sug‘urtasiga doir chora-tadbirlar tizimini tashkil etish jarayoni tadqiq 

ko‘rsatilgan[4].   

А.P.Vojjov  banklar  tomonidan  to‘plangan  depozitlar  yig‘indisini  ularni 

aktivlarga  joylashtirish  talablariga  moslashtirishning  mohiyati  va  usullari  hamda 

uning muvozanatini saqlagan holda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish uchun 

bank  resurslarini  konvertatsiya  qilish  qonuniyatlaridan  foydalanish  imkoniyatlarini 

yoritib  bergan[5].  S.V.Rikov  esa  zamonaviy  bozor  sharoitida  jismoniy  va  yuridik 

shaxslarning  bo‘sh  mablag‘larini  depozitlarga  jalb  qilish  va    depozit  resurslarining 

maqbul  hajmini  tijorat  banklari  tomonidan  faol  va  passiv  operatsiyalarni  samarali 




Download 461.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling