Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
Download 461.18 Kb. Pdf ko'rish
|
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
3
boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan[6]. А.B.Dudka tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirishda tijorat bankining strategik maqsadlari bajarilishini ta'minlashda, shuningdek resurslar miqdori, sifati va taqsimlanishini aniqlashga qaratilgan, taktik rejalarni ma'lum strategik maqsadlarga yo‘naltirish tizmini tadqiq etadi[7]. V.P.Akinina, E.A.Zolotova, P.B.Straxovlar o‘z tadqiqotlari orqali tijorat bankining jalb qilingan va ajratilgan resurslarining optimal nisbati asosida iqtisodiy va matematik model, cheklov parametrlarini hisobga olgan holda - kredit tashkilotlarining likvidlik standartlarini hisobga olgan holda, moliyaviy resurslarni jalb qilish va joylashtirishning maqbul portfeli shakllantirishni tavsiya etadilar[8]. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Sh.Z.Abdullayeva o‘z tadqiqotlarida depozit amaliyoti bilan bog’liq munosabatlarni tahlil qiladi va moliya-kredit yoki bank muassasasiga berilgan pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlar emas, balki bank omonatlari bilan bir qatorda bojxona to‘lovlari, yig’imlar, soliqlar va hokazolarni to’lash uchun kiritilgan badallar ham depozit sifatida talqin etadi[9]. A.A.Omonov esa, bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish lozimligini shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb etish va joylashtirishda muddatlar bo‘yicha muvozanatlashtirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlaydi[10]. U.D.Ortiqovning fikricha, tijorat banklari depozit strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo‘llashda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, tijorat banklarining depozit siyosatida qo‘llanilayotgan taktik vositalarning qay darajada depozit strategiyasiga mos kelayotganligini aniqlash imkoniyati tijorat banki depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida yuzaga keladi [11]. A.M.Rahimov, bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan muayyan maqsadlarda bankka pul mablag’larini jalb qilish va ularni saqlash bilan bog’liq operatsiya sifatida ta’kidlaydi va tijorat banklarining iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larni yetarli darajada jalb etishi va ushbu mablag‘larni samarali joylashtirishi muhim vazifalardan biri hisoblanishini qayd etadi[12]. Tijorat banklarining jalb qilgan mablag‘lari tarkibida talab qilib olinguncha mablag‘lar salmog’ining yuqori ekanligi banklarga jalb qilingan mablag‘lardan to‘liq foydalanish va uzoq muddatli investitsion operatsiyalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishini e’tirof etadi. Bank depozit bazasining mustahkamligi banklarning muddatli va jamg’arma depozitlari ulushining umumiy depozitlar tarkibida yuqori ekanligi bilan belgilanishini ta’kidlaydi[13]. O.U.Mamadiyorov, B.O.Tursunov esa, tijorat banklari aktiv operatsiyalaridan farqli ravishda bankning passiv operatsiyalari xo‘jalik faoliyatini olib borish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar yig‘indisi sifatida qaraydilar[14]. Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi uzoq muddatga mo‘ljallangan hujjat ekanligi, depozit siyosati esa uni amalga oshirishning taktik vositalaridan biri ekanligini e’tiborga olgan holda depozit xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan belgilangan strategik vazifalar alohida olingan davrlar (odatda yillar)ga |
ma'muriyatiga murojaat qiling