Tijorat banklarining huquqiy asoslari
Download 66.68 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bankining bank tizimini boshqarish bo`yicha vakolatlari
- Tijorat banklari huquqiy ahvoli asoslari
Bank tizimi har qanday davlat moliya tizimining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiy o`sishni ta'minlash, inflatsiya va to`lov balansini tartibga solish kabi joriy va strategik vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Jahon amaliyotida moliya-kredit muassasalari tomonidan o`z mijozlariga ko`rsatiladigan xizmatlar xususiyati bo`yicha kredit tizimining uch muhim elementi ajratiladi:
Markaziy bankining bank tizimini boshqarish bo`yicha vakolatlariMarkaziy bank o`zining huquqiy maqomi bo`yicha bank tizimini davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi. Bunday maqom asoslari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida belgilab berilgan bo`lib, unga asosan Markaziy bank mamlakatimiz bank tizimini boshqaradi.Markaziy bankning bank tizimini davlat boshqaruv organi sifatidagi aniq vakolatlari Markaziy bank to`g`risidagi qonunda mustahkamlab berilgan. Ushbu sifatda Markaziy bank o`z vakolatlari doirasida monetar siyosat va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqadi, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etadi va ta'minlaydi.Tijorat banklari huquqiy ahvoli asoslariBanklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonunning 7-moddasiga muvofiq banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi. Tijorat banklarining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sifatida aksiyadorlik jamiyatini belgilash, adabiyotlarda haqqoniy qayd etilganidek, boshqa jamiyatlar (mas'uliyati cheklangan jamiyat yoki qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat, to`liq yoki kommandit shirkat)ga nisbatan katta afzalliklarga ega. Bu afzalliklar sarmoya (kapital)larni jalb etishning nisbatan keng imkoniyatlarga ega ekanligi, aksiyadorlarning o`z huquqlarini amalga oshirishda ko`proq qayishqoqligi, boshqa shakllarga nisbatan barqarorligidan iborat.Download 66.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling