Tijorat banklarining nodepozit majburiyatlari va ularning tarkibi


Tijorat banklarining kredit potensiali va uning ahamiyati


Download 473.62 Kb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi473.62 Kb.
#1789583
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xujayorova Aziza 95k-2 .

4.Tijorat banklarining kredit potensiali va uning ahamiyati.

  • Passivlar va aktivlar bg‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mablag‘larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ularni samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Shu bois bank resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini kg‘paytirish bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e‘tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar ikkita yirik guruhga – majburiyatlar va kapitalga bg‘linadi. Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta‘minlaydi.Bank passivlari orasida muhim o'rinni bankning o'z kapitali egallaydi. Banklar ham tashkil topishi jarayonida o‘z mablag‘lari- kapitalini shakllantiradi.

Xulosa

  • Hozirgi kunda bank va banklar faoliyati dunyo bo'yicha juda tez suratlarda o'sib borayotgan bir vaqtda bizning bank va bank faoliyati tizimi ham shu butun jahon tajribasi bilan hamohang bir suratda o'sib borishga harakat qilmoqda. Aynan shu bank va bank faoliyatini rivojlanishida katta o'rin ro'l o'ynaydigan jarayon bu bank va bank faoliyatini tahlil qilishdir. Tijorat banklari majburiyatlari tahlili bank faoliyatini yo'lga qo'yishda va tartibga solishda muhim o'rin tutadi. Har qanday jarayonning keyingi taqdiri uning har tomonlama chuqur tahlil etilishiga asoslanadi. Ayniqsa, iqtisodiy jarayonlarning takomillashuvi va rivojlanishini iqtisodiy tahlilsiz tasavvur etish mumkin emas.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim.Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi va u bankning likvidliligi, daromadliligini o‘stirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.

Download 473.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling