Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Joriy va muddatli operatsiyalar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana01.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1315515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi

Joriy va muddatli operatsiyalar 
Xalqaro iqtisodiy, shuningdek valyuta-kredit va moliya, munosabatlari 
qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tijorat risklariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
1) 
shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi; 
2) 
importchining tovar qabul qilishdan bosh tortishi, ayniqsa hisob-kitob 
inkasso shaklida bo‘lganda; 
3) 
xujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi hatolar; 


Aim.uz 
Aim.uz 
4) 
valyuta mablag‘larini suiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni 
qalbakilashtirish; 
5) 
xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi; 
6) 
valyuta kurslarining nobarqarorligi; 
7) 
inflyasiya; 
8) 
foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi va boshqalar; 
70-yillardan boshlab valyuta va kredit risklarining oldini olish va qoplash 
uchun yangi usullardan foydalanila boshlandi. Ular qatoriga 

valyutaviy opsion (birinchi marta 1973 yil CHikago birjasida 
qo‘llanila boshlagan) 

banklararo “svop” operatsiyasi 

forvard valyuta operatsiyasi 

valyutaviy fyuchers (1973 yildan boshlab Nyu-York valyuta bozorida, 
1972 yildan boshlab CHikago valyuta bozorida va b.). 
YUqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarni bir so‘z bilan muddatli valyuta 
operatsiyalari deb ham nomlash mumkin, banklarda esa ular asosan konversion 
operatsiyalar nomi bilan ataladi. 
O‘z navbatida, barcha valyuta qiymatliklari bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalar o‘z harakteri va namayon bo‘lish usuliga ko‘ra quyidagilarga 
bo‘linadi: 
1. 
Spot turidagi valyuta operatsiyalari; 
2. 
Muddatli valyuta operatsiyalari: 

Forvard tipidagi valyuta operatsiyalari; 

valyuta opsionlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari; 

valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 
3. 
Svop turidagi valyuta operatsiyalari. 
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar). 
SPOT operatsiyasi - bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki ish kuni 
davomida valyuta ayriboshlash bo‘yicha operatsiyadir. 


Aim.uz 
Aim.uz 
Spot kurs - bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat valyutasini boshqa 
bir mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs uning suzib yuruvchi yoki qat’iy 
belgilangan rejimda ishlashdan qat’iy nazar operatsiya amalga oshirilayotgan 
vaqtda milliy valyutaning chet ellardagi qadri qancha ekanligini o‘zida aks ettiradi. 
Asosan spot bitimlarining kursi - bu telegraf o‘tkazmasi kursidir. spot- kurs 
ikki xil yo‘l bilan aniqlanadi: 

valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali; 

birjadan tashqari savdoda dilerlarning o‘zaro telefon orqali savdosida 
aniqlanadi. 
Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi (sotuvchi 
kursi)ga bo‘linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi bank valyuta bitimini 
har doim o‘zi uchun foydali kurs bo‘yicha amalga oshiradi. Banklar xorijiy 
valyutani har doim qimmatga sotib (sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib 
olish bahosi) harakat qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy 
tamoyilidir. 
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank xarajatlarini 
qoplash va qisman valyuta riskini sug‘urtalashga yqnaltiriladi. Agarda bank 
amalga oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontrbitim 
hisobiga qoplasa, u marja hisobiga foyda kqradi. SHuning asosida banklar valyuta 
operatsiyalari bo‘yicha mijozlarni ko‘proq jalb qilishdan manfaatdor. 
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta komissiya haqini 
chegirib tashlasa) teng bo‘lishi ham mumkin. 
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda 
olishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud valyuta operatsiyalari orasida 
risk darajasida eng yuqori bo‘lgan valyuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki, 
spot operatsiyalarini amalga oshirish vaqti qisqa bo‘lganligi tufayli odatda u 
sug‘urta qilinmaydi. SHuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot 
operatsiyalarini katta hajmda amalga oshirmaydilar, chunki bunda spot operatsiyasi 
muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar uzun va qisqa valyuta 
pozitsiyalarini ham maksimal darajada qasqartirishga harakat qiladilar. 


Aim.uz 
Aim.uz 
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb bo‘lmaydi. 
CHunki agarda bank misol uchun AQSH dollariga nisbatan «qisqa» pozitsiga 
ega bo‘lsa va USD kursi tqsatdan kqtarilib ketsa, bank zarar kqrishi aniq. Kurs 
oshishi prognoz qilinayotgan vaqtda pozitsiyaning «uzun» bo‘lgani ma’qul. 
Agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda «uzun» 
pozitsiya ijobiy natija bermasligi mumkin. Albatta, o‘z mablag‘larini garovga 
tikkisi kelmagan banklar valyuta pozitsiyalarini «yopiq» ushlashlari mumkin, lekin 
bunda ular kurs o‘zgarishdan kelishi mumkin bo‘lgan foydadan ham mahrum 
bo‘ladilar. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin valyuta bozorlarida amalga oshiriladigan 
valyuta operatsiyalarining turlari rivojlanib ketdi. Amalga oshirilishiga kqra 
valyuta operatsiyalari naqd va muddatli bitimlarga bo‘linadi.
Naqd 
valyuta 
operatsiyalari 
asosan 
«spot» 
shartlarida 
amalga 
oshiriladi. 
Buning 
mohiyati 
shundaki, 
valyuta 
sotish-sotib 
olish 
bitimi tuzilgandan keyin tuzilayotgan vaqtdagi kurs bo‘yicha ikkinchi ish kunida 
naqd valyuta etkazib beriladi. Bu operatsiyalar eng keng tarqalgan bo‘lib, butun 
valyuta bitimlarining 90 foiziga yaqinini tashqil etadi. 
Spot turidagi valyuta bitimlari o‘zida mablag‘ni etkazib berish vaqti 
bo‘yicha farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi. Bu operatsiyalar 
quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling