Tijorat faoliyati
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI BAJARISHGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Download 0.56 Mb.
|
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TALABA MUSTAQIL ISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI
- MUSTAQIL TA’LIMNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA FAN O‘QITUVCHISINING VAZIFALARI
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI BAJARISHGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Talabalar mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga quyidagi talablar qo’yiladi: fanni o'rganishning butun davri uchun hisoblangan mustaqil ish hajmi jadvali; o'quv rejasining asosiy bo'limlariga mos keladigan vazifalar tizimi; referatlar, ma'ruzalar, insholar, topshiriqlar va boshqalar mavzulari; TMI topshiriqlarining mazmuni, ularning dizayni, tavsiya etilgan hajmiga qo'yiladigan talablar; asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati; konsultativ yordam turlari; baholash mezonlari; ishlarni topshirish muddatlari. TALABA MUSTAQIL ISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI Talabalarning mustaqil ishi texnologiyasining elementlari quyidagilardir: rejalashtirish, mustaqil ishlarni tashkil etish, mustaqil ish hajmini amalga oshirishni baholash va nazorat qilish, tahlil qilish va takomillashtirish. Talabalarning mustaqil ishlarini rejalashtirish kafedra, xususan har bir o‘qituvchining tegishli o‘quvuslubiy hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ish soatlarini rejalashtirish, o‘qituvchining ish yuklamasini rejalashtirish, mustaqil ishlar hajmini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish kafedrada tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professoro‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. MUSTAQIL TA’LIMNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA FAN O‘QITUVCHISINING VAZIFALARI 1. Talabalarda fanga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish, asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash; 2. Fanning aniq mavzularini o'rganishda talabaning mustaqil ish o'rnini aniq belgilash, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni talabaning mustaqil ishiga qaratish, talabaning mustaqil ishini tashkil etish shakli, turi va uslubini tanlash, talabalarning mustaqil ishi topshiriqlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqish, talabalarning mustaqil ishlarining turli xil dars shakllari bilan kombinatsiyasini belgilash. 3. O’quv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; 4. Mustaqil ish topshiriqlari aniq, normativhuquqiy hujjatlar normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bog’liq bo’lishi, mazmuni modul o’quv dasturiga muvofiq bo’lishi, o’z ichiga o’quv dasturining tegishli bo’limlarini to’liq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan bo’lishi, talabalarning modulni o’zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko’nikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lishi lozim; 5. Talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; 6. Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berish; 7. Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish; 8. Talabalarning o’tgan o’quv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun mustaqil ish topshiriqlari zaruratga ko’ra yangilanishi kerak. 9. Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan kalendar reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish; 10. Mustaqil ishiga o‘zi raxbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida maslahatlar o‘tkazish; 11. Talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini o’z vaqtida ma’lum qilish; 12. Mustaqil ish natijalarini baholash. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling