Tijorat faoliyati
Download 0.56 Mb.
|
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim
UMUMIY QOIDALAR
Mustaqil ta`lim topshiriqlari mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olish maqsadida tayyorlangan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan. Mustaqil topshiriqlari talabaning oʻquv yuklamasining tarkibiy qismiga kirib, unda talaba tomonidan 4 kredit (120 soat hajmda) toʻplanishi lozim. Mazkur kursdagi modullar yuzasidan topshiriqlar amaliy tavsifga ega boʻlib, talaba tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishi va topshirilishi shart. “Tijorat faoliyati” fanidan mustaqil ishlar 60412500“Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq II semestrda 60 soat hajmda rejalashtirilgan. Mustaqil ta’lim – oliy ta’lim tizimida ta’limning shunday bir shaklidirki, bunda talabalarning o‘quv faoliyati o‘qituvchi tomonidan boshqariladi(topshiriqlar beriladi, maslahatlar uyushtiriladi va bajarilishi nazorat qilinadi). Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi – ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Zamonaviy mutaxassis tomonidan o‘z bilimi va hayotiy tajribalarini oshirib borishi undagi shaxsiy hislatlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq bo’ladi. Ana shunday hislatlarni shakllantirishda mustaqil ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad auditoriya mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan bilim va malakalarni mustahkamlash, yangilarini o‘zlashtirish va ijodiy ishlash malakasini tarkib toptirishdan iboratdir. Talabalarning mustaqil ishi (TMI) – bu talabaning o‘ziga xos o‘quv faoliyati bo‘lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o‘qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan. TMI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o‘quv materialini o‘zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda TMI talabaning to‘la mustaqil faoliyati bilan birgalikda auditoriyadan tashqarida bajariladigan o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini (O‘RTMI) ham o‘z ichiga oladi. Kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatda TMI ning umumiy soatlari fan hajmining yarmini tashkil etadi va uning ham deyarli yarmi O‘RTMI ga ajratiladi. Sirtqi ta’limda TMI hajmi fan hajmining 4/5 qismini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling