Tijorat faoliyati


AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR


Download 0.56 Mb.
bet31/56
Sana21.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1683568
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari

AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Birinchi topshiriqda franchayzing tushunchasini talabalar mustaqil ravishda o‘rganadi. Tovar sotishni tashkil etishda franchayzingni o‘rni, ahamiyati, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi roli atroflicha o‘rganilib, berilgan savollarga javob topiladi.
Talabalar mustaqil ravishda o‘zlari mavzuning qay darajada o‘zlashtirganliklarini ushbu savolga javob yozish orqali namoyon qiladi. Talabalar yuqorida berilgan tovarlarni sotish uchun qaysi tovar tarqatish kanalidan foydalanishini ko‘rsatadi. Tanlagan kanalini samaradorligini asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sharhlab beradi.
Topshiriq 2. Mahsulotlarning ko’proq realizatsiya bo’lishida albatta reklamaning o’rni beqiyos. Shu sababdan tijorat ishlarini jadallashtirishda Samarqand shaharida joylashgan supermarket korxonalarining bir nechtasiga tashrif buyuring. Ularning faoliyatini tahlil qiling va ular tomonidan reklama sohasini kengaytirish uchun qanday tijorat tadbirlarini amalga oshirayotganligini aniqlang.
Ish mazmuni: Samarqand shaharidagi supermarket korxonalariga tashrif buyurib, ularning tijorat faoliyatini o‘rganish.


AMALIY MASLAHATLAR VA TAVSIYALAR
Talabalar reklama tushunchasi, reklama turlari va ularning maqsadlarini amaliy jihatdan bilish uchun talabalar Samarqand shaharida joylashgan supermarket korxonalarning bir nechtasiga tashrif buyuradi. Ular o‘z haridorlarining ehtiyojini qondirish uchun faoliyatida qanday reklama tadbirlarini qo‘llayotganligini aniqlaydi va reyting to‘plash uchun mustaqil ish tayyorlaydi.


Topshiriq 3. Samarqand viloyati va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan gazeta va jurnallardan bir nechtasini oling. Ulardagi hamma reklama murojaatlarni aniqlang (iloji bo‘lsa, kesib oling) va ulardan soni va hajmiga ko‘ra qaysi ulushi axborot, ishontiruvchi, eslatuvchi reklamaga taalluqli ekanligani aniqlang.
Topshiriq 4. Samarqand viloyat telekanali, O‘zbekiston, Yoshlar, Sport va boshqa telekanallarda ayni vaqtda berilayotgan televizion roliklardan ikkita va samarasiz bo‘lgan roliklardan ham ikkitasini tanlab olishga harakat qiling. Endi esa samarali roliklar nimasi bilan ustun turishini va samarasiz roliklar nimasi bilan ulardan orqada qolishini isbotlab bering. Iloji boricha, samarasiz rolikni tuzatish bo‘yicha o‘z variantingizni keltiring.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling