- Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o`tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning ma`lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. SHuning uchun ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib boradi
- Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi . Banklar respublika hududida o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar
- Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda O`zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo`yilgan 266 bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan bo`sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu daromad bank jalb kilgan resurslarga yo`llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo`yicha oladigan foiz urtasidagi farqdan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |