Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari
Download 84.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabyotlar
- Tayanch so`z va iboralari
- Nazorat savollari
1-Ma`ruza (2 soat) Mavzu: “Tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari” fanining kirish Reja 1. Kirish. Namangan viloyatida yengil sanoatning rivojlanishi 2. Fanining predmet va vazifasi Foydalanilgan adabyotlar 1. N.N.Nabidjanova., M.A.Rizametova., D.X.Rayimberdiyeva., R.A.Ergasheva “Tikuv buyumlari texnologiyasi” o`quv qo`llanma. Namangan-2020 yil. 230 bet. 2. J.S.Ergashev., N.N.Nabidjanova., R.S.Hojimatov., D.Adilova “Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” o`quv qo`llanma. Toshkent-2013 yil. 220 bet. 3. Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.A. Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi. O’quv qo’llanma. T., 2014 y. 4. J.S.Ergashev., N.N.Nabidjanova., Maqsudov N.B., Raimberdiyeva D., Ergasheva R “Tikuv buyumlari texnologiyasi” darslik. Namangan-2023 yil. 260 bet. 5. Самарходжаев Х.Х. Тикувчилик корхоналарининг ускуналари. Ўқув қўлланма. Т. “Ўзбекистон”. 2001й. Tayanch so`z va iboralari: tadbirkorlik sub'ektlar, chora-tadbirlar, to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati, ehtiyoj, buyum, maqsad, vazifa. Iqtisodiyotda ma'muriy-buyruibozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor iqlohatlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o`ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan o`sishini, inflyasiyani prognoz ko`rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta'minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik рarakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi [1]. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlar va jinoyat ishlari doirasidagi muqobil - "встречный" tekshirishlar bekor qilindi. Bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish va ularga bosim o`tkazish holatlarini keskin kamaytirish imkoniyatini berdi. Bundan tashqari, tadbirkorlik sub'ektlari uchun javobgarlik choralarini yengillashtirish va ayrim hollarda umuman bekor qilish, ruhsat berish tartib qoidalarini soddalashtirish, biznes yuritishdagi turli harajatlarni keskin qisiartirish va boshqa keng ko`lamli chora-tadbirlar, hech shubiasiz, xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada jadal rivojlanishi uchun muhim turtki beradi. Yurtimizda tadbirkorlik ishlarini yangi bosqichga ko`tarish maqsadida yaqinda qabul qilingan Farmon bilan tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlar va jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlar bekor qilinadi. Bu tadbirkor faoliyatiga aralashish va ularga bosim o`tkazish holatlarini keskin kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, tadbirkorlik sub'ektlari uchun javobgarlik choralarini yengillashtirish va ayrim hollarda umuman bekor qilish, ruxsat berish tartib- qoidalarini soddalashtirish, biznes yuritishdagi turli xarajatlarni keskin qisqartirish va boshqa keng ko`lamli chora-tadbirlar, hech shubhasiz, xususiy mulk va tadbirkorlik yanada jadal rivojlanishi uchun muhim turtki beradi. 2017-2021 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yaqin besh yilda yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`yicha umumiy qiymati 2 milliard 247 million dollar bo`lgan 140 ta investisiya loyihasi amalga oshirildi. Ana shu loyihalar hayotga tadbiq etilishi natijasida mamlakatimizda to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,2 marta ko`paydi. Keyingi besh yilda Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 1,7 barobar oshib, unda sanoat sohasining ulushi 16,7 foizga yetdi. Shuningdek, Namangan viloyatida yaqin besh yil davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjudlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo`yicha umumiy qiymati 2,4 trillion so`mlik 828 ta investisiya loyihasini amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Bundan tashqari, kelgusi besh yilda yengil sanoat, charm-poyabzal va farmasevtika tarmoqlarida 1 trillion 565 milliard so`m sarmoya o`zlashtirilib, jami 353 ta investisiya loyihasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda [2]. Hozirgi kunda jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoillari asosida isloh qilishda, kichik korxonalarni loyihalash va qurish dolzarb masala hisoblanadi. Fanni o`rgatish tayyorlanayotgan mutaxassislarda aniq sohada ishlab chiqarishdagi ijodiy faoliyati uchun kerakli chuqur bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Yengil sanoat korxonalarida va kichik va o`rta biznes dizayn tashkilotlarida liboslar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari va ularni takomillashtirish yo`llari: turli materiallardan buyum tikish texnologik jarayoni kiyimlar sifatini baholash texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, buyum sermehnatliligini qisqartirish va manbaa tejash istiqbollari masalalarini qamraydi. "Tikuv buyumlari texnologiyasining nazariy asoslari" fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, 2-3 semestrlarda o`qitiladi. Fan texnikani va fandagi yangiliklarni tikuv sanoatida yaratish va qo`llash haqidagi yangiliklarga asos bo`lib, bu fanni o`qitish magistrant talabalar tomonidan "Materiallarni konfektsiyalash", "Badiiy loyihalash", "Tikuv buyumlarini loyihalashning nazariy asoslari", "Dizayn nazariyasi va metodologiyasi" kabi fanlardan olgan bilimlarga asoslanadi. Fanni o`qitishdan asosiy maqsad – tikuv va trikotaj korxonalarida kiyim tikish usullari, ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari, texnologik jarayonlarni loyihalash bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilimlar darajasi bilan ta`minlashdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Nazorat savollari 1. 2017-2021 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo`yicha qanday chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi? 2. “Tikuv buyumlar texnologiyasining nazariy asoslari” fanini o`rganishdan asosiy maqsad nima? 3. Hozirgi kunga kelib Namangan viloyatida nechta yengil sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib bormoqda? Download 84.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling