Texnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
|
Chizma
|
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
1. Gazlamani namlab dazmollash (dekatirovkalash)
|
Dazmol
|
|
Gazlama namlanib, o’rni ipi yo’nalishida dazmollanadi.
|
2. Gazlama nuqsonlarini aniqlash va bo’yi va enini o’lchash.
|
Bo’r, sm lenta
|
Gazlamaning o’ng tomonidan nuqsonlari ya’ni, teshik, ip va bo’yoqlar bir tekisligi va boshqalar) tekshiriladi. Aniqlangan nuqsonlar bo’r bilan belgilab qo’yiladi.
|
3. Gazlamani bichuv stoliga joylashtirish
|
Gazlama, bichuv stoli
|
Gazlama bichuv stoli ustiga ikkiga buklab to’shaladi.
|
4. Gazlamaga jaketning old va ort bo’lak andozalirini joylashtirish.
|
Bichuv stoli, gazlama, bo’laklar andozasi, to’g’nog’ich.
|
|
Jaket ort bo’lagi o’rta qismi gazlamaning buklov chizig’iga va uning yoniga old bo’lagi joylashtiriladi. Bunda tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi 62 modulning 2-jadvalida keltirilgan.
Bo’laklar andozalarining to’g’ri chiziqli chetlari joylash ramkasining chetiga taqib qo’yiladi, egri chiziqli chetlari esa maydonchaning o’rtasiga to’g’ri keltiriladi. Shuningdek, bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak
|
5. Gazlamaga jaketning adip va yeng andozalarini joylashtirish
|
Bichuv stoli, gazlama, bo’laklar andozasi, to’g’nog’ich
|
|
Jaket old bo’lak adip va yeng andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’laklar tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi T.58-moduldagi 2-jadvalda keltirilgan.
Bo’laklar andozalarining to’g’ri chiziqli chetlari joylash ramkasining chetiga taqib qo’yiladi, egri chiziqli chetlari esa maydonchaning o’rtasiga to’g’ri keltiriladi. Shuningdek, bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak.
|
6. Gazlamaga jaketning mayda bo’laklari andozalarini joylashtirish
|
Bichuv stoli, gazlama, bo’laklar andozasi, to’nog’ich
|
|
Jaket mayda bo’laklar andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi.
Bunda bo’laklarning tanda ipi yo’nalishi gazlama tanda ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak. Tanda ipi yo’nalishidan bo’lakning og’ish kattaligi T.58-moduldagi 2-jadvalda keltirilgan.
Bo’laklar andozalarining to’g’ri chiziqli chetlari joylash ramkasining chetiga taqib qo’yiladi, egri chiziqli chetlari esa maydonchaning o’rtasiga to’g’ri keltiriladi. Shuningdek, bo’laklarning simmetrikligiga ahamiyat berish kerak.
|