Alisher Navoiy:
Til - bu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir.
Inson jismi bir gulshan bo‘lsa, til uning xushovoz bulbulidir.
Jahon ummonida haqiqiy durdona bu – so‘z.
Aziz farzandlarim Vataningizni, xalqingizni va albatta sizga eng qadrli va muqaddas bo’lgan ona tilingizni seving, asrang, ardoqlang va uning rivojiga o’z hissangizni qo’shing.
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
(E’lon qilinmaydi) Qo’shiq. “Fido”
(Til to‘g‘risidagi she’rlar). _________
1-boshlovchi: Tilimiz rivojiga nafaqat yurtdoshlarimiz, balki ayrim taraqqiyparvar rus olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbai. Ona tilini sevish, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi,o‘z tilini asrab-avaylash belgisidir.
2-boshlovchi: O‘zbek tilining taraqqiy etishida shoirlar, balki shoiralarning ham o‘rni beqiyosdir. Bu o‘rinda Jahon otin Uvaysiy, Nodira, Komila, Maknuna taxalluslari bilan ijod qilgan Mohlaroyim, Dilshodi Barno, Anbar otin, Mahzuna, Zebinisolarni eslab o‘tish o‘rinlidir deb bildik. Keling, Nodirabegim saroyida qalami o‘tkir shoiralar ishtirokida bo‘lib o‘tgan bir mushoiraga quloq tutaylik.
(Sahnaga shoiralar chiqib kelishadi).
Nodira: Marhabo, marhabo, men sizlarni huzurimga chorlashimdin muddao shuldirkim, ona tilimizning jozibasin ko‘rsatmoq niyatinda, ushbu shoiralar mushoirasin tashkil ayladim. Qani, ustoz, yangi yozgan ash’orlaringiz bilan ko‘ngillarimizni shod aylasangiz.
Uvaysiy: _______________
Nodira: ________________
Raqs: “Majnuntol”.
1-boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz namunalaritilimiz umri tarixining xira tortmas ko‘zgusi, tilimizni qadimdan asrab kelayotgan nodir xazinasidir. Shuningdek, bugungi davr adabiyoti ham tilimizning jozibasini ko‘rkamlashtirmog‘da.
2-boshlovchi: Men tinglagan allalar yodi,
Yuragimga ildizdek botgan.
Ilk so‘zimni aytganim chog‘i.
Boshim uzra oppoq tong otgan.
Shu yog‘duga yog‘rilgan tilim,
Chashmalarda poklanib chiqqan,
Vatan senga qilaman ta’zim,
Sen-ku meni so‘z bilan tuqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |