Til-belgilar sistemasi sifatida. Til sathlari va ularning belgilari
Download 57.02 Kb.
|
Til-belgilar sistemasi sifatida
Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan, signallarning ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir tomonlamaligi (masalan, trevoga signali).Morze alifbosi — telegraf aloqada qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi; nuqta va tirelardan iborat.Har bir harfga muayyan nuqta va tirelar uygʻunlashuvi (kombinatsiyasi) toʻgʻri keladi. Nuqta va tirelar elektr toki impulslari tarzida uzatiladi. Uzatiladigan impuls — kod juda qisqa boʻlib, har qaysi belgini belgilashda elementlar soni har xil (oʻzgaruvchan kod) yoki bir xil (oʻzgarmas kod) boʻlishi mumkin. Kod ementlari soniga qarab, 5 elementli, 6 elementli va b. xillarga boʻlinadi.Morze apparati yordamida uzatiladiDemak, jamiyatda belgilarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri: belgi-alomatlar, belgi-signallar (ishoralar), belgi-simvollar (ramzlar) va til belgilari o‘ziga xos va mos vazifani bajaradi. Til tarkibini tashkil etuvchi struktural elementlar – morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn va boshqalar muayyan informatsiyani olish va yetkazish uchun xizmat qilishi bilan informativ belgilarning eng asosiysi hisoblanadi va 2 tomonlama: informatsiyani ham qabul qilish, ham yetkazish vazifasini bajaradi. Til grafik belgilar sifatida ham, (yozuv, harf vositasida), tovushli belgilar sifatida ham (og‘zaki so‘zlashuv, tovush vositasida), harakatli belgilarning o‘rnida ham qo‘llana oladigan ko‘p tarmoqli belgilar sistemasidir. Shuning uchun tilni belgilarning belgisi deb atash mumkin.Download 57.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling